👋🏻 Durov "USERNAME"lar haqida!
"Yaqin vaqtgacha Telegram’dagi barcha foydalanuvchi nomlarining 70 foizi Erondan kelgan kibersquatterlar tomonidan faol bo‘lmagan kanallarda saqlangan. Bu qidiruv natijalarini chalkashtirib yuboradigan o'lik foydalanuvchi nomlari qabristonini yaratdi va millionlab Telegram foydalanuvchilariga o'z akkauntlari, guruhlari va kanallari uchun tegishli umumiy manzillarni tanlashiga to'sqinlik qildi.
Ushbu zaxiralangan foydalanuvchi nomlarini olishni istagan foydalanuvchilar ko'pincha hech qanday javob olmagan yoki aldanib qolishgan.
Yaxshiyamki, bu vaziyat o'zgara boshladi. Avgust oyi oʻrtalarida biz oʻtgan yil davomida boʻsh yoki faol boʻlmagan kanallarga bogʻlangan barcha ochiq Telegram manzillarini olib tashladik. Biz bu manzillarning 99 foizini asta-sekin qaytadan umumiy foydalanishga kiritamiz, bu safar algoritmik va geolokatsiya cheklovlari bilan faqat bir nechta foydalanuvchilar emas, balki ko‘proq foydalanuvchilar foyda ko‘rishi mumkin.
Eng yuqori baholangan qisqa foydalanuvchi nomlariga kelsak, ularni tarqatishning eng samarali va adolatli usuli men avvalgi postimda aytib o'tgan auktsion bo'lib tuyuladi. Shunday qilib, ushbu jozibali havolalarni qo'lga kiritganlar ularni yaxshi foydalanishga va taniqli t.me manzillarida joylashtirilgan original kontent bilan foydalanuvchilarimiz uchun qadrlashga undaydi.
Telegram foydalanuvchi nomlarini yig‘ib olganlar hafsalasi pir bo‘lganiga shubha qilmayman, lekin bu o‘zgarish foydalanuvchilarning katta qismiga foyda keltiradi. Men millionlab ajoyib Telegram manzillari qanday qayta tiklanishini va nihoyat bizning hamjamiyatimizga xizmat qila boshlashini intiqlik bilan kutaman.
P.S. Kelgusi voqealarni kutgan holda, bugun biz Telegramdagi har bir foydalanuvchi nomi uchun sindor.t.me kabi maxsus havolalarni qo'llab-quvvatlashni boshlaymiz. Ushbu veb-saytlar allaqachon istalgan brauzerda ishlaydi." - Pavel Durov
#username#yangilik#hulosa
💚@TGraphUz | YouTube
Kalit so'zlar
Kalit so'zlar kompilyator uchun maxsus ma'nolarga ega bo'lgan oldindan belgilangan, zaxiralangan identifikatorlardir. Ular @ prefiksisiz dasturlarda identifikator sifatida ishlatilishi mumkin emas. Masalan, @if haqiqiy identifikator hisoblanadi, lekin if emas chunki bu kalit so'z bo'ladi.
👉Batafsil
👨🏫 Mentor: Abdulaziz Abduxalil-zoda
#csharp#keywords#starter#dotnet
.NET Uzbekistan Community
__________
Telegram | Instagram | Youtube
Operatorlar
Operatorlar odatda harakat yoki jarayonni (harakat va jarayonni ham bo’lishi mumkin) ifodalovchi belgidir. Ular matematika va logikani yaxshi biladigan har qanday inson uchun muammo tug’dirmaydi. Ya’ni ularning asosini aynan shular tashkil qiladi.
👉Batafsil
👨🏫 Mentor: Suxrob Xayitmurodov
#csharp#operators#starter#dotnet
.NET Uzbekistan Community
__________
Telegram | Instagram | Youtube
Ma'lumot turlari
Ma’lumotlar toifasi – bu o’zgaruvchilarning turi va xotiradan qancha joy egallashini belgilab beruvchi kerakli omil. Foydalanilgan o’zgaruvchiga to’g’ri tipni belgilash muhim vazifalardan biridir. Sababi bu orqali biz, yaratayotgan dasturimizda yuzaga keladigan ba’zi bir muammolarni oldini olishimiz, eng asosiysi vaqt tejalishi va dasturning xotiradan kamroq joy egallanishiga erishishimiz mumkin.
👉Batafsil
👨🏫 Mentor: Xondamir Abduxoshimov
#csharp#datatypes#starter#dotnet
.NET Uzbekistan Community
__________
Telegram | Instagram | Youtube
O'zgaruvchilar
Barcha dasturlash tillarida eng ahamiyatli o’rinlardan birida turadigan, hamda ko’pchilikka ilk dasturlashni boshlash chog’larida muammo bo’lishga ulgurgan, ushbu mavzu to’g’risida yaqin daqiqalar ichida tushunmovchiliklarga barham beramiz.
👉Batafsil
👨🏫 Mentor: Xondamir Abduxoshimov
#csharp#variables#starter#dotnet
.NET Uzbekistan Community
__________
Telegram | Instagram | Youtube
For operatori
Umuman olganda kod yozayotganingizda bir xil hisoblash jarayonini qayta-qayta yozish qimmatli vaqtingizni o'g'irlab sizni bezor qilishi mumkin, masalan siz “Salom, Dunyo!” jumlasini 100 marta yozishingiz zarur bo’lib qoldi.Siz uni qayta qayta yozib chiqgan bo’larmidingiz, yo’q albatta.
👉Batafsil
👨🏫 Mentor: Suxrob Xayitmurodov
#csharp#for#loop#starter
.NET Uzbekistan Community
__________
Telegram | Instagram | Youtube
Switch operatori
Tanlash operatori bizga bir nechta qiymatlardan, o’zgaruvchilarga to’g’ri keluvchi qiymatni tanlashda va uni ishga tushirishda ishlatiladi. Misol uchun, hafta kunlarini raqamidan topish topshiriq sifatida berildi. Ularni bemalol topishimiz mumkin, lekin kompyuterga uni qanday tushuntiramiz?
👉Batafsil
👨🏫 Mentor: Suxrob Xayitmurodov
#csharp#switch#choice#starter
.NET Uzbekistan Community
__________
Telegram | Instagram | Youtube
IF-ELSE
C# dasturlash tilida if-else lar bilan tanishamiz (Men tanishman siz tanishasiz) Biz hayotda juda ko’p if va else ni ishlatganmiz. “IF” so’zi o’zbek tiliga “Agar” deb tarjima qilinadi. Keling avval ifni o’zini o’rganib olaylik : Misol: “Agar bir qop pulim bo’lsa, albatta ularni hammasini yoqib yuborgan bo’lar edim”.
👉Batafsil
👨🏫 Mentor: Sobirjonov O'tkirbek
#csharp#if#else#conditions#starter#dotnet
.NET Uzbekistan Community
__________
Telegram | Instagram | Youtube