TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

유사한 콘텐츠 찾기

소스 채널 @phpdevelopersuz · Post #2870 · 10월 27일

​​💰Auktsion'ga START berildi! – Yaqin orada barcha foydalanuvchilardan "chopilgan" va "gold" Usernamelar (talaffuzda Yuzerneymlar) xech qanday muzokarasiz auktsionga joylab yuborildi. 📣 Tarqagan xabarlardan Fragment.com orqali usernamelarni sotib olish haqida xabar topdingiz shekilli? Keling unda u haqida batafsil ma'lumotga o'tamiz: • Barcha usernamelar faqat TONkriptovalyutasi bilan sotib olinadi; • Eng arzon username 500TON, eng qimmati esa xozirda 10 500TON; • Auktsion ochilgach, 7 kun ichida yakunlanadi. Har safar yangi taklif belgilanganida muddat yana yangilanadi; • Hozirda saytda A dan H gacha bo'lgan bosh harfli foydalanuvchi nomlari mavjud. Boshqalari keyinroq paydo bo'ladi; • Agarda usernamu uchun auktsion ochilmasa, uning narxi 24 soatdan so'ng 12TON miqdorda pastlaydi; • Narx pastlashiningoxirgi nuqtasi xozircha noma'lum; • Lot (username stavkasi) yangiliklar bildirishnomalarini yuboradigan @fragment boti mavjud; • Platformada har qanday lot "to'plam" sifatida belgilanadi, shuning uchun tez orada uning ko'proq turlari paydo bo'ladi: kanallar, stikerlar, kulgichlar; • Boshqa xizmatlar ham o'z elementlarini platformaga birlashtira oladi; • Telegram keyingi yangilanishida xarid qilingan ayrim mahsulotlardan qanday foydalanish mumkinligini batafsil bilib olishimiz mumkin. • Telegram FAQ'da shuningdek, Telegram’da hozirda qo‘llanilayotgan ismlar keyinroq saytda paydo bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Ehtimol, bu foydalanuvchilar o'zlarining nomlarini auktsionga joylashlari mumkinligini anglatadi. 💎TON KURSI - 1TON=1.91$≈21 300SUM #ton#username#auksion ✅@TGraphUz | YouTube

결과

2개의 유사한 게시물이 발견되었습니다

검색: #akm

当前筛选 #akm清除筛选
AyTi Markaz Yaypan

@ITCenter_Yaypan · Post #495 · 2022. 02. 01. AM 10:46

#ITCenter#AKM Xabaringiz bor, IT Center tuman axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda ish olib boradi. Markaz binosida mo'jazgina ko'chma kutubxona tashkil etilgan bo'lib, bu yerda 50 dan ortiq o'zbek va jahon adabiyoti durdona badiiy asarlari o'rin olgan. Bugun kutubxona hodimlari tomonidan markazga yangi adabiyotlar olib kelindi. Kitoblarning bari bugungi kun kitobxonlari o'rtasida juda ham ommalashgan adabiyotlardan iborat. Xususan, «Muvafaqqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi», «Ulamolar nazdida vaqtning qadri» «Ilon Mask muvafaqqiyat siri», «Alibaba», «Olim odam va olam», «Uch sayyohning safari» kabi sara asarlar kutubxonamizga taqdim etildi. Albatta, ushbu kitoblar markazimizdagi barcha kitobxonlar uchun. Ularni be'malol olib mutolaa qilish imkoni mavjud. Zero, yurtboshimiz xurmatli Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek«Kitob o'qigan, o'zini ustida ishlagan odamda qanot bo'ladi. U befarq bo'lmaydi. Uning kuchi bilimida bo'ladi» Bizni kuzatishda davom eting 👉@ITCenter_Yaypan

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #1327 · 2025. 12. 26. AM 11:55

Hududlardagi koʻplab Axborot-kutubxona markazlari (AKM) hali ham qog‘ozbozlik asosida ishlayotganidan xabaringiz bormi? Ko‘plab joylarda kitoblar, kitobxonlar va berilgan kitoblar haqidagi ma’lumotlar hanuz daftar va qog‘ozlarda yuritiladi. Shu sababli kitobxon anketasi topish qiyin, kitob olish jarayoni sekin va kutubxona xodimlari ortiqcha hujjatlar bilan band bo‘lib qolmoqda. Balki ko‘plab startap egalari bu yo‘nalishda moddiy foyda olish imkoni mavjud emasligini anglagan holda, bu muammoga yechim taklif qilib ko‘rishmagandir. Ikki yil davomida bu kabi AKM raqamlashtirilishini haqida eshitib keldim. Afsuski, amalda hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi. Shundan so‘ng, bu masalaga befarq bo‘lmay, o‘zimiz tashabbus ko‘rsatishga qaror qildik. Va kutubxonalar, kitobxonlar va kitoblar uchun raqamli tizim ishlab chiqdik. Bu tizim orqali hududlardagi kitoblar bazasi shakllantiriladi, kitob olish jarayoni tezlashdi va kutubxona xodimlari qog‘ozbozlikdan xalos bo‘lishi mumkin. Muhim jihati shuki, bu loyihadan moddiy manfaat deyarli yo‘q. Maqsad — ta’lim uchun xizmat qilayotgan muassasalarni qog‘ozbozlikdan chiqarish va yoshlar uchun bilimga yetib borish yoʻllarini osonlashtirish. Shu sababli bu xabarni yozayapman. Agar siz ta’lim sohasida ishlasangiz yoki bu yo‘nalishda ta’sir doirangiz bo‘lsa, ushbu tashabbusni tegishli odamlarga yetkazishingizni so‘rayman. Balki birgalikda foydasi bor ishni oldinga sura olarmiz! Kutubxonalarni raqamlashtirishga hissa qoʻshish uchun bogʻlanish: 👉@tasir_menejer 👉 200098803 #kutubxona#talim#AKM