💰Auktsion'ga START berildi!
– Yaqin orada barcha foydalanuvchilardan "chopilgan" va "gold" Usernamelar (talaffuzda Yuzerneymlar) xech qanday muzokarasiz auktsionga joylab yuborildi.
📣 Tarqagan xabarlardan Fragment.com orqali usernamelarni sotib olish haqida xabar topdingiz shekilli? Keling unda u haqida batafsil ma'lumotga o'tamiz:
• Barcha usernamelar faqat TONkriptovalyutasi bilan sotib olinadi;
• Eng arzon username 500TON, eng qimmati esa xozirda 10 500TON;
• Auktsion ochilgach, 7 kun ichida yakunlanadi. Har safar yangi taklif belgilanganida muddat yana yangilanadi;
• Hozirda saytda A dan H gacha bo'lgan bosh harfli foydalanuvchi nomlari mavjud. Boshqalari keyinroq paydo bo'ladi;
• Agarda usernamu uchun auktsion ochilmasa, uning narxi 24 soatdan so'ng 12TON miqdorda pastlaydi;
• Narx pastlashiningoxirgi nuqtasi xozircha noma'lum;
• Lot (username stavkasi) yangiliklar bildirishnomalarini yuboradigan @fragment boti mavjud;
• Platformada har qanday lot "to'plam" sifatida belgilanadi, shuning uchun tez orada uning ko'proq turlari paydo bo'ladi: kanallar, stikerlar, kulgichlar;
• Boshqa xizmatlar ham o'z elementlarini platformaga birlashtira oladi;
• Telegram keyingi yangilanishida xarid qilingan ayrim mahsulotlardan qanday foydalanish mumkinligini batafsil bilib olishimiz mumkin.
• Telegram FAQ'da shuningdek, Telegram’da hozirda qo‘llanilayotgan ismlar keyinroq saytda paydo bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Ehtimol, bu foydalanuvchilar o'zlarining nomlarini auktsionga joylashlari mumkinligini anglatadi.
💎TON KURSI - 1TON=1.91$≈21 300SUM
#ton#username#auksion
✅@TGraphUz | YouTube
#diqqat#hemis#talaba#YAN
❗️Barcha professor-o’qituvchilar va talabalar diqqatiga!
✅ HEMIS AT tizimining oʻqituvchi profilidagi “Yakuniy nazorat” va “Boshqa nazoratlar” menyularidagi “Reyting qaydnomalari”da oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda.
⚠️ Tizimning endigi chiqariladigan yangi versiyasida (1.4.5) Reyting qaydnomasiga fan boʻyicha talabalarning oʻzlashtirish baholarini bir marta kiritib saqlash masalasi joriy qilinmoqda. Yaʼni bitta qaydnoma bir marta toʻliq toʻldirilib, bir marta saqlanishi mumkin.
🙏 Shuning uchun professor-oʻqituvchilar talabalarning YAN topshiriqlarini toʻliq baholab, barcha talabalar toʻgʻri baholanganiga ishonch hosil qilib keyin tizimning reyting qaydnomasiga kiritishini soʻraymiz.
✅ Talabalardan esa YANgacha bo’lgan barcha nazoratlardan belgilangan baholarni o’zlashtirish hamda YANga o’z vaqtida va tegishli talablarni bajargan holda kirishlari so’raladi.
☄️ Tizimga baholarni kiritish reglament boʻyicha 5 kun ichida faqat bir marta amalga oshirilishi mumkin. Baholar kiritilib saqlangandan soʻng reyting qaydnomasi toʻliq yopiladi. Yopilgan reyting qaydnomasiga qoʻshimcha kiritish va oʻzgartirishlarga ruxsat berilmaydi.
➡️ Barcha professor-oʻqituvchilar va talabalarga yetkazing.
👨💻Ps: qoʻshimcha savol, muammo va takliflar boʻyicha @registratorofis_botga murojaat qilishingiz mumkin.
✈️TerDU Registrator ofisi