Hakaton musobaqasida ishtirok eting!
IT musobaqalar haftaligi doirasida o'tkaziladigan #Hakaton musobaqasida o'z bilim va salohiyatiga ishongan barcha farg'onalik yoshlar quyidagi yo'nalishlarda ishtirok etishlari mumkin:
- Tibbiyot;
- Taʼlim;
- Ijtimoiy soha;
- Agrar (qishloq xoʻjaligi);
- Marketplace;
- IoT va sunʼiy intellekt.
Musobaqa shartlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
🏆 Sovrinlar:
1-o'rin 3ta Noutbuk.
2-o'rin 3ta Planshet.
3-o'rin 3ta Smartfon.
Hakaton musobaqasi Marg'ilon raqamli texnologiyalar markazida bo'lib o'tadi.
Hackathon -dasturchilar marafoni bo'lib, unda ishtirokchilar belgilangan vaqt davomida tavsiya etilgan yo'nalishlar bo'yicha biron bir g'oya ustida bosh qotirishadi, keyin jamoaga birlashib shu g'oyani amalga oshirish uchun kirishadilar. Natijada, ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyatga ega biron bir uskuna yoki dastur dunyoga keladi.
Hakatonda qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting:
https://forms.gle/wCBnbKnsju3Yj9oEA
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
#hakaton
⌨️2024-yil 4-5 may kunlari “UIC group” kompaniyasi bilan hamkorlikda
“Odoo” low-code platformasida loyihalar yaratish bo‘yicha hakaton o‘tkaziladi. Hakatonda ishtirok etish uchun @hakatonuzbot telegram bot orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi.
🎁Hakatonda sovrindor bo‘lgan ishtirokchilarga pul mukofotlari, diplom va sovg‘alar topshiriladi.
✈️@tuituz_official
#hakaton#UCC
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2024-yil 21-23-may kunlari "TUIT Bright Future Week" tanlovlar haftaligi doirasida "United Clean Coders" Hakatoni bo'lib o'tadi.
🇺🇿 Ushbu hakatonda O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining talabalari jamoa bo’lib qatnashishlari mumkin. Har bir jamoada 3 nafar a'zo bo’lishi va loyihalar github platformasida yaratilishi talab etiladi.
🪧Hakaton o’tkazish bosqichlari:
1-bosqich. Ishtirokchilar va jamolarni ro’yhatdan o’tkazish, 2024-yil 20-maygacha. Online ro'yxatdan o'tish ushbu havolaga o'ting👇 (https://forms.gle/QgPLytPoGWY8zYrj6)
2-bosqich. Ishtirokchilar tekshiruv ro’yhatini shakllantirish, jamoalar va g’oyalar tanishuvi, 21-may (offline).
3-bosqich. Jamoalar tomonidan yaratilgan loyihalar MVP ko’rinishi, yakuniy taqdimot va baholash.
🗒 Loyihalarni ishlab chiqish va baholashda "Clean code" tamoyillariga alohida e'tibor beriladi.
📍 Hakaton o'tkazilish joyi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, E binosi, 202, 301, 205 va 207 xonalar.
➡️Mo'ljal: Bodomzor metrosi.
📞 Murojaat uchun telefon: +998 33 100 22 75(9:00 dan 18:00 gacha)
Call markazi: (33) 573-22-31
💬 Savol-javoblar va guruh topish uchun: @ucc_hackathon_communityga qo’shiling.