@inha_uz · Post #7110 · 2024. 05. 15. AM 03:45
#hakaton#UCC 💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2024-yil 21-23-may kunlari "TUIT Bright Future Week" tanlovlar haftaligi doirasida "United Clean Coders" Hakatoni bo'lib o'tadi. 🇺🇿 Ushbu hakatonda O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining talabalari jamoa bo’lib qatnashishlari mumkin. Har bir jamoada 3 nafar a'zo bo’lishi va loyihalar github platformasida yaratilishi talab etiladi. 🪧Hakaton o’tkazish bosqichlari: 1-bosqich. Ishtirokchilar va jamolarni ro’yhatdan o’tkazish, 2024-yil 20-maygacha. Online ro'yxatdan o'tish ushbu havolaga o'ting👇 (https://forms.gle/QgPLytPoGWY8zYrj6) 2-bosqich. Ishtirokchilar tekshiruv ro’yhatini shakllantirish, jamoalar va g’oyalar tanishuvi, 21-may (offline). 3-bosqich. Jamoalar tomonidan yaratilgan loyihalar MVP ko’rinishi, yakuniy taqdimot va baholash. 🗒 Loyihalarni ishlab chiqish va baholashda "Clean code" tamoyillariga alohida e'tibor beriladi. 📍 Hakaton o'tkazilish joyi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, E binosi, 202, 301, 205 va 207 xonalar. ➡️Mo'ljal: Bodomzor metrosi. 📞 Murojaat uchun telefon: +998 33 100 22 75(9:00 dan 18:00 gacha) Call markazi: (33) 573-22-31 💬 Savol-javoblar va guruh topish uchun: @ucc_hackathon_communityga qo’shiling.