3x4 rasmni Photoshop'siz tayyorlaymiz! (+kostyum kiydiramiz)
#videodars / #media / #ofis
ℹ️ Hujjatlar tayyorlashda kerak bo'ladigan 3x4 yoki 3.5x4.5 va boshqa formatdagi rasmlarni hech qanday studiyaga bormasdan, Photoshop dasturini ishlatmagan holatda tayyorlaymiz. Qo'shimchasiga kerakli kiyimni ham kiydiramiz :)
✅ Buning uchun eng avvalo telefonimizda 3x4 rasm uchun chiroyli selfi rasmga tushamiz. Rasmni videoda ko'rsatilgandek dastur yordamida tahrirlaymiz va tayyor!
🔻Videoda ishlatilgan dastur: PhotoDoc PRO 9.35
▶️YouTube'da ko'rish (HD)
⏳: 05:26 💾: 21.3 MB (1080p)
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
TelegramIYouTubeIXarita
Anchadan beri ishlatayotgan bepul dasturlarim
#dastur / #nocrack
🛒 Ilgari torrent fayllarini uTorrent ning crack versiyasidan yuklar edim, keyin ba'zi sabablarga ko'ra undan voz kechdim. Anchadan beri qBittorrent'dan foydalanyapman.
🛡 Anchadan beri antivirus ishlatmayman, lekin ishlatish kerak bo'lsa Windows Defender yetadi. O'zi antivirusni crack versiyasini "qo'ylarni bo'riga ishonib tashlab ketishdek" gap. Free antiviruslar esa yoki yaxshi emas, yoki juda kam.
📚 Arxiv fayllar bilan ishlash uchun azaldan WinRAR'ni ishlatar edim, u paytlar crack ishlatar edim. Yaqindan boshlab rasmiy versiyasini ishlatib boshladim. Bitta yoqimsiz joyi har safar dasturni ochganda "Sotib ol" degan xabar chiqishi, agar bu yoqmasa 7zip'dan foydalansa ham bo'ladi.
💿 Fleshkaga Windows'ni UltraISO'da yozmaganimga ham ancha bo'lib qoldi. Rufus bilan MBR, GPT kabi muammolarga uchrash ehtimoli juda kamaydi.
@ka_rasmiy
Xayr Aktivatsiya! Endi Microsoft 365 ishlatamiz!
#dastur / #ofis / #nocrack
ℹ️ Guruhimizdagi top savollardan biri ofis dasturini aktivatsiya qilish haqida. Aslini olganda ofis qimmat dastur emas va bir qancha qulayliklari mavjud.
😎 Bugun Microsoft 365 ga oylik obunani sotib oldim, oyiga 72 ming so'm to'layman va barcha ofis dasturlari (tepada rasmda hammasi berilgan) bilan birgalikda montaj uchun dasturga ham ega bo'laman. Eng asosiysi crack dasturlardan qutulishga ilk qadam tashladim. Sizlarga ham tavsiya qilaman. Agar 72 ming/oyiga qiyinlik qilsa bir nechta kishi birgalikda oila uchun tarifidan ham olib ko'rilsa bo'ladi.
🎞 Microsoft 365'ni o'rnatish va obuna xarid qilish bo'yicha mini kursni kursimizga qo'shib qo'ydik. Endi navbatdagi mavzular bo'yicha videolar yozishga harakat qilamiz:
• Microsoft 365 xarid qilish ✅
• AppSheet bo'yicha ilk dastur
• Makroslar
• Google Forms bo'yicha to'liq qo'llanma
📌 Xa aytgancha crack dasturlardan qutulish bo'yicha qilingan ishlarni #nocrack deb belgilab ketaman, ko'ramiz yil oxirigacha qanchasidan qutular ekanmiz 😉.
@ka_rasmiy