TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

유사한 콘텐츠 찾기

소스 채널 @phpdevelopersuz · Post #3001 · 1월 6일

3x4 rasmni Photoshop'siz tayyorlaymiz! (+kostyum kiydiramiz) #videodars / #media / #ofis ℹ️ Hujjatlar tayyorlashda kerak bo'ladigan 3x4 yoki 3.5x4.5 va boshqa formatdagi rasmlarni hech qanday studiyaga bormasdan, Photoshop dasturini ishlatmagan holatda tayyorlaymiz. Qo'shimchasiga kerakli kiyimni ham kiydiramiz :) ✅ Buning uchun eng avvalo telefonimizda 3x4 rasm uchun chiroyli selfi rasmga tushamiz. Rasmni videoda ko'rsatilgandek dastur yordamida tahrirlaymiz va tayyor! 🔻Videoda ishlatilgan dastur: PhotoDoc PRO 9.35 ▶️YouTube'da ko'rish (HD) ⏳: 05:26 💾: 21.3 MB (1080p) 💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ TelegramIYouTubeIXarita

결과

1개의 유사한 게시물이 발견되었습니다

검색: #studyabdoad

当前筛选 #studyabdoad清除筛选
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

@gsbe_uz · Post #2756 · 2025. 11. 14. AM 05:55

🇺🇿🇺🇸Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi AQShda malaka oshirish dasturini yo‘lga qo‘ydi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan Pittsburg davlat universiteti (Pittsburg State University) bilan hamkorlikda Inson resurslarini rivojlantirish (HRD – Human Resource Development) yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi. Mazkur dastur mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, zamonaviy boshqaruv va HR tizimlarini joriy etish, shuningdek, davlat va xususiy sektorlar uchun raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. O‘quv kurslari davomida ishtirokchilar AQShning ilg‘or tajribasi, inson resurslarini boshqarish, tashkilotlarda samaradorlikni oshirish, yetakchilik va menejmentning zamonaviy yondashuvlari bilan tanishadilar. Dasturda Oliy biznes maktabi tinglovchilari, shuningdek, davlat va xususiy sektor vakillari ishtirok etmoqdalar. Ular Pittsburg davlat universitetining professor-o‘qituvchilari bilan bevosita muloqotda bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlar va seminarlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va uni mamlakatimiz ta’lim hamda iqtisodiyot sohalariga joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarining amaliy ifodasidir. 🇷🇺RU #GSBE#USA#PSU#HRD#StudyAbdoad#BusinessEducation 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube