TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

유사한 콘텐츠 찾기

소스 채널 @phpdevelopersuz · Post #3292 · 8월 14일

🥳Bugun Telegram 10 yoshga to'ldi. Pavel Durovtug'ilgan kun haqida shunday dedi: Atigi oʻn yil ichida Telegram 800 milliondan ortiq faol foydalanuvchilarga ega boʻldi. Yillar davomida ko'plab yangilanishlar va takomillashtirishlar orqali Telegram zamonaviy xabar almashish tajribasi qanday bo'lishi kerakligini qayta belgilab berdi. Telegram uchun navbatdagi qadam - bu xabar almashishdan tashqariga chiqish va umuman, ijtimoiy tarmoqlarda innovatsiyalarni rivojlantirish. Biz mashhurligimizdan milliardlab odamlarning hayotini yaxshi tomonga o'zgartirish, sayyoramizdagi odamlarni ilhomlantirish va ko'tarish uchun foydalanishimiz kerak. Bugungi kunda barcha foydalanuvchilar uchun hikoyalarning bosqichma-bosqich chiqarilishi Telegram tarixidagi ushbu yangi bosqichning boshlanishini anglatadi. O'tgan o'n yillik hayajonli bo'lsa-da, keyingi 10 yil Telegram o'zining haqiqiy salohiyatiga erishadigan vaqt bo'ladi. 🥳 #durov#telegram#10yosh ✅@TGraphUz | 📺YouTube

결과

2개의 유사한 게시물이 발견되었습니다

검색: #sigmapodcast

当前筛选 #sigmapodcast清除筛选
Dilshod Ismoil | Blog

@dilshodismoilblog · Post #33 · 2024. 09. 21. AM 06:45

“Oʻzbek tili marketing uchun moslashishi kerak emas, marketing oʻzbek tiliga moslashishi kerak”. Menga doim “Nega aynan rus tilini tanqid qilasiz, yoqtirmaysiz?” degan gaplar uchib kelib turadi. Yaqinda Fridrich Ebert jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan yoshlar bilan mahorat darsimda shu savolga javob bergandim. Boshqa tillar bizga geosiyosiy yoki passiv bosim uchun qurol sifatida ishlatilmaydi, aholini ijtimoiy qatlamlantirmaydi yoki ularni majburan oʻrganishimiz taqozosi yoʻq. Afsuski, koʻplab sohalarda hamon shu tilda e’lonlarni xatolar bilan yozishga, gapirishga, tilimizni burashga chiranamiz. Vaholanki, 90% dan koʻproq aholi oʻzbek tilida gapiradi, tushunadi. Shu masalalarga ham podkastda oydinlik kiritganmiz. → Hali tomosha qilmagan boʻlsangiz, marhamat, havola shu yerda: https://youtu.be/Kg5InmUMzvg → Tomoshadan keyin orzudagi O‘zbekistonning slogani 3 so‘z bilan lo‘nda ifodalab berilgan ikki izoh muallifiga sovg‘am bor. #MarketingvaPR#SigmaPodcast @mirzo_zominiy

Sigma podcast

@sigma_podcast · Post #156 · 2025. 05. 27. AM 10:15

🎙 Yaqinda yangi podkast! Biz bilan navbatdagi suhbat – O‘zbekistonning mashhur fizigi, professor Fatxulla Abdullayev bilan! U butun umrini fizika faniga bag‘ishlagan. Ustoz, tadqiqotchi, ilmdan yiroqlashmagan fidoyi inson. Tez orada siz bilan "Fizikaga bag‘ishlangan umr" nomli podkastimizni baham ko‘ramiz. Bu suhbatda: – O‘zbekistonda fan qanday rivojlanmoqda? – Yosh olimlar nimaga duch kelmoqda? – Nega fizika – bu hayot? – Va, albatta, ustozning o‘z shaxsiy yo‘li, kurashlari, ilmdagi g‘alabalari haqida eshitamiz. 📽 Premyera yaqin orada – kanalimizni kuzatib boring! #FatxullaAbdullayev#FizikaPodkast#O‘zbekIlmi #SigmaPodcast#Ilm