TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← BFAUZ
BFAUZ avatar

TGINSIGHT POST

Post #3464

@bfauz

BFAUZ

Visiones6,540Numerus visionum
EditumMar 2603/26/2026, 03:38 PM
Contentum scripti

Contentum

🌸Bank-moliya akademiyasida Navro‘z shukuhi Bugun, 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida yangilanish va ezgulik timsoli bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami yuqori kayfiyatda o‘tkazildi. Bayram munosabati bilan Akademiya binosi milliy an’analar ruhida bezatilib, samimiy va ko‘tarinki muhit yaratildi. Tadbir davomida xodimlar va professor-o‘qituvchilar beqasam, adras va atlasdan tikilgan milliy liboslarda ishtirok etib, bayramga alohida joziba bag‘ishlashdi. Ishtirokchilarga hududlarga xos milliy taomlar, jumladan osh va bahoriy ne’matlar tortiq etildi. Шунингдек, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida shaxmat va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, g‘oliblar taqdirlandi. Tadbir yakunida jamoat ishlarida faol bo‘lgan hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib etishda ibrat ko‘rsatgan xodimlar "Faxriy yorliq" va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Navro‘z bayrami Akademiya jamoasining ahilligi, o‘zaro hurmat va milliy qadriyatlarga sodiqligini yana bir bor namoyon etdi. 🎉 Barcha yurtdoshlarimizni Navro‘zi olam bilan muborakbod etamiz! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in