TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← BFAUZ
BFAUZ avatar

TGINSIGHT POST

Post #3481

@bfauz

BFAUZ

Visiones5,470Numerus visionum
EditumApr 904/09/2026, 04:33 AM
Contentum scripti

Contentum

✍️9-aprel — Amir Temur tavallud topgan kun Sohibqiron, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan yurtimizda uning boy merosi, davlatchilik an’analari va yuksak strategik tafakkuri yana bir bor keng yodga olinmoqda. Amir Temur nafaqat zabardast qo‘mondon, balki kuchli davlat boshqaruvi, adolatli qonun ustuvorligi va iqtisodiy barqarorlikka asos solgan ulkan tarixiy shaxs sifatida ham jahon tamaddunida o‘chmas iz qoldirgan. Uning “Kuch adolatda” degan shiori bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida Sohibqiron merosi — ayniqsa, strategik fikrlash, tizimli boshqaruv, intizom va mas’uliyat tamoyillari davlat va jamiyat rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bank-moliya akademiyasi jamoasi ushbu muborak sana munosabati bilan barchani Sohibqiron Amir Temur merosini chuqur o‘rganish, uning ibratli hayoti va faoliyatidan ilhom olishga chorlaydi. Meros — bu faqat o‘tmish emas, balki kelajak uchun mustahkam poydevordir. 🌐www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in