Postinhalt
🤝 MUHIM HAMKORLIKMEMORANDUMI IMZOLANDI! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi hamda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi Alohida qo‘riqlash va xizmat ko‘rsatish bazasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum asosida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy mutaxassisliklarni egallashi hamda kelgusidagi bandligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Hamkorlik doirasida askarlar: 🔹 IT va web dasturlash 🔹 Kiberxavfsizlik 🔹 Kompyuter grafikasi 🔹 Buxgalteriya 🔹 Oshpazlik va qandolatchilik 🔹 Ofitsiantlik 🔹 Erkaklar sartaroshligi kabi yo‘nalishlarda qisqa muddatli kasbiy kurslarda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu tashabbus yoshlarni kasb egasi qilib tarbiyalash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda Vatanga sadoqat ruhida kamol topishiga xizmat qiladi. #TTHMT#Hamkorlik#Memorandum#KasbiyTa’lim #HarbiyXizmatchilar#YoshlarKelajagi