TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Zréck zu de Kanäl
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT CHAT

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

@ttmmtrasmiy

Travel

🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot

Abonnenten824Aktuell Abonnenten
Verfolgte Posts1,010Zuel vun indexéierte Posts
Rezent Räichweite1,157Somm vun rezenten Usiichten
Rezent Posts

Rezent Posts

Tag: #tthmt · 2 Posts

当前筛选 #tthmt清除筛选

Publizéiert 13. Mee

🤝HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi hamda Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash, texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limda o‘qishini davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Hamkorlik doirasida: 🔹 texnikum bitiruvchilarini oliy ta’limga tizimli jalb qilish; 🔹 qo‘shma seminar, trening va mahorat darslarini tashkil etish; 🔹 innovatsion va startap loyihalarni amalga oshirish; 🔹 xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish; 🔹 talabalar uchun amaliyot va kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik olib boriladi. Shuningdek, texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun Institutning mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinish imkoniyatlari yaratiladi. Mazkur hamkorlik ta’lim sifati va yoshlarning professional rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim qadamdir. #TTHMT#Hamkorlik#Memorandum#KasbiyTa’lim #OliyTa’lim #YoshlarKelajagi

569 views

Publizéiert 13. Mee

🤝 MUHIM HAMKORLIKMEMORANDUMI IMZOLANDI! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi hamda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi Alohida qo‘riqlash va xizmat ko‘rsatish bazasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum asosida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy mutaxassisliklarni egallashi hamda kelgusidagi bandligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Hamkorlik doirasida askarlar: 🔹 IT va web dasturlash 🔹 Kiberxavfsizlik 🔹 Kompyuter grafikasi 🔹 Buxgalteriya 🔹 Oshpazlik va qandolatchilik 🔹 Ofitsiantlik 🔹 Erkaklar sartaroshligi kabi yo‘nalishlarda qisqa muddatli kasbiy kurslarda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu tashabbus yoshlarni kasb egasi qilib tarbiyalash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda Vatanga sadoqat ruhida kamol topishiga xizmat qiladi. #TTHMT#Hamkorlik#Memorandum#KasbiyTa’lim #HarbiyXizmatchilar#YoshlarKelajagi

588 views