TGINSIGHT CHAT
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
@ttmmtrasmiy
Travel🏢 TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI RASMIY KANALI 📍Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 2-tor ko‘chasi, 1-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon va bot: (+998) 71-289-40-30 🌐https://t.me/ttmmt_direktori_bot
Rezent Posts
Tag: #ibratli_oila · 1 Post
Publizéiert 19. Abr.
#mahalla_hamkorlik#ibratli_oila Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi “Cholpon”mahalla fuqarolar yig‘ini bilan uzoq yillardan beri samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Ana shu hamkorlik doirasida yaqinda texnikumda alohida e’tiborga loyiq tadbir tashkil etildi. ✍️ Tadbirga ko‘p yillar davlat idoralarida fidokorona mehnat qilgan, hozirda nafaqada bo‘lgan, oilaviy totuvlik va halollik namunasi bo‘lgan faxriylar taklif etildi. Ular nafaqat kasbiy faoliyatlari, balki farzandlarini munosib tarbiyalagan, jamiyatga foydali avlod yetishtirganliklari bilan hurmatga sazovor. 🎓 Ushbu uchrashuv texnikum o‘quvchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Mehmonlar o‘zlarining hayotiy tajribalari, kasbiy faoliyatdagi unutilmas lahzalar, va yoshlar uchun muhim bo‘lgan saboqlar bilan bo‘lishdilar. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, yoshlarda mehnatsevarlik, vatanparvarlik va oilaviy qadriyatlarni yanada chuqur anglashga xizmat qildi. 👉https://t.me/ttmmtrasmiy
Hashtags