TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Jamshid's blog
Jamshid's blog avatar

TGINSIGHT POST

Post #162

@jamshidai

Jamshid's blog

Peržiūros331Peržiūrų skaičius
Paskelbta04-282025-04-28 16:52
Turinys

Įrašo turinys

So‘nggi ikki yil ichida tajribali va muvaffaqiyatli dasturchilar bilan o‘tkazilgan har qanday intervyu yoki podkastda sun’iy intellekt mavzusi albatta tilga olinadigan bo‘lib qoldi. Albatta, zamonaviy texnologiyalar, ulardan unumli foydalanish va ularning ijobiy hamda salbiy jihatlari haqida fikr almashish foydali. Biroq “Sun’iy intellekt dasturchilarning o‘rnini bosadimi?” degan savol ko‘pincha ortiqcha shov-shuv va haypga sabab bo‘lmoqda, deb o‘ylayman. Natijada yangi dasturlashni o'rganayotganlarda motivatsiya yo'qoladi va potensiali pasayadi. Garchi hamma bu savolga "Yo'q" deb javob bersada, hamon shu savol trendda.