Naujausi įrašai
1 puslapis iš 10 · 120 įrašų
Paskelbta 02-05
Networking = ishonchni transfer qilish mexanizmi Ko'p sohalarda bo'lgani kabi IT da ham networking (tanish-bilish) muhim bo'lgan va hozir ham shunday. Menimcha so'ngi 1-2 yilda asosiy darajalardan biriga ham chiqib bo'ldi. Bundan nolish kerak emas, bu soha talabi. Nega? Sun'iy intellekt juda ko'p texnik ishlarni avtomatlashtirishni eplayapdi. Va avval unchalik muhim deb qaralmagan - jamoa bilan chiqishuv va ishonch asosiy darajaga chiqib boryapti. Ayniqsa kichik startup va shaxsiy korxonalar uchun. Bunday vaziyatda albatta vakansiya orqali dasturchi izlash optimal yo'l emas Jamoada ishlab kelayotgan dasturchilarning maslahati asosiy deb qaraladi. Ko'p qadamlardan o'tish shart bo'lmay qoladi. Bitta narsani tushunish kerak - qo'lidan biror ish kelmaydigan dasturchi, kelajagi ko'rilayotgan va jamoa qayg'urayotgan proyekt uchun referal orqali olinmaydi, bu mantiqsiz. Biror tanishingiz sizni o'z jamoasida bor bo'sh ish o'rniga taklif qilmayapti? Unda muammo sizda. U siz ish topib ketishingiz uchun o'z qadrini yo'qotgisi kelmaydi O'z ustingizda ishlang va boshqalarga siz nimaga qodirligingizni ko'rsating - fikrimcha, shu eng to'g'ri yo'l O'zim guvohi bo'layotgan vaziyatlar asosida yozdim:)
Paskelbta 12-06
2024
Paskelbta 10-16
Ai proyekt uchun Python va Node.js dasturchilarni qidirmoqdamiz To'liq ma'lumot uchun: 👇 https://t.me/redteamwelcome
Paskelbta 09-14
Android Payload Toolkit 👩💻 Android OTA payload.bin fayllarini tez ekstraktsiya qilish va custom payload yaratish uchun Go dasturi. - Parallel processing - tez ishlaydi - Cross-platform (Win/Mac/Linux) - Custom ROM yaratuvchilar uchun ideal GitHub: github.com/jamshid-ds/android-payload-toolkit
Paskelbta 08-13
Yaqin orada men tushungan ikkita muhim "notes" 1. Kimdir sizga algoritmlar va data structureni o'rganish kerak emas deyaptimi? siz noto'g'ri odam bilan gaplashyapsiz. Tizim dizaynini, umumiy optimal arxitekturani tuzish uchun sizga albatta kengroq fikrlash kerak bo'ladi. Qayerda nimani ishlatishni bilish muhim. LLM qanchalik kuchli bo'lmasin, katta tizimlar uchun deyarli hech qanday yechim bera olmaydi. Faqat sizning fikringizni ma'qullab o'tiradi)). Tushunish kerak u fikrlamaydi, o'qitilgan ma'lumotlar orqali javob beradi. Lekin u bilan ishlash qiziq 2. So'rash muhim - Nima qilishingiz kerakligini to'liq bilmasangiz, va optimal natija qanday ishlashini tushunmasangiz, shunchaki GPT siz qilgan ishni qila oladi. Agar tizim uchun qayg'uradigan biror odamdan so'rasangiz, u 100% sizga erinmasdan to'liq tushuntiradi, chunki u biladiki hozir siz uchun sarflagan 5-10 daqiqasi - kelajakga qilingan investitsiya. O'zim avval - bu jihat muhim emas deb o'ylaganman, internet bor, undan qidirib topib olaman degan ma'noda Demak: Ko'p va kerakli savolni so'raydigan dasturchi > kam gap va GPT ga bog'lanib qolgan dasturchi
Paskelbta 06-24
Ai Coding Tools Startup g'oyangiz bo'lsa MVP uchun mukammal arxitektura yoki xatosiz tizim qurishga harakat qilmang! MVP sodda bo'lgani yaxshi. Ai toollar rivojlangan vaqtda fundamental bilimlar va yaxshi prompt bilan bu natijaga tez erishishingiz mumkin. Bu vazifaga mos tushuvchi eng mashhur agentlar: - Firebase: AI integratsiyasi kuchli, ammo sozlash murakkab va kuchliroq bilim talab qiladi - Replit: Tez va qulay vibe coding, lekin to‘liq imkoniyatlar pullik - Lovable: Oson interfeys, biroq funksionalligi cheklangan "Ai"dan nolimang, foydalaning!)
Paskelbta 06-07
Unsloth — bu ochiq manbali kutubxona bo‘lib, katta til modellarni (LLM) kam resursda tez va samarali fine-tune qilish imkonini beradi Yaqinda Unsloth 100+ tayyor Google Colab noutbooklarini GitHub’da taqdim qildi. Ular turli caselar bo‘yicha tayyorlangan: 📁 Modellar: LLaMA, Qwen, DeepSeek, Gemma va boshqalar. 🛠 Fine-tuning, classification, reasoning, synthetic data va h.k. Havola: github.com/unslothai/notebooks
Paskelbta 05-24
Maktabsiz hayot — erkinlik(mi?) Bir necha soatlardan keyin so‘nggi qo‘ng‘iroq. Yarim yildan buyon maktab tugashini kun sanab o‘tkazdim. Ko‘plab rejalar maktabim sababli orqaga ketdi. “Bu davrning ham gashti bor”, degan gap rostdir, lekin hozir emas. Balki ancha yillardan keyin ushbu gasht haqiqatligini tushunish mumkindir. Lekin bir narsa aniq: tugashini xohlayotgan, siz yomon ko‘rayotgan narsangizdan hech qanday ijobiy his-tuyg‘u ola olmaysiz. #off_topic
Hashtags
Paskelbta 05-18
📚Top universitetlar kurslarini bepul o’rganamiz. Mind Luster saytida dunyodagi eng yaxshi universitetlar va mutaxassislarning barcha yo’nalishlar bo’yicha 300 000 ta bepul kurslari yig’ilgan: dasturlash, dizayn, marketing, biznes, ingliz tili va boshqalar. O’zingizga kerakli kursni be’malol topishingiz mumkin. Shuningdek, kurslarni tugatganingizdan so’ng, rezyumega qo’shishingiz mumkin bo’lgan bepul sertifikat ham beriladi. 👉Sinab ko’rish uchun havola. 📟DigiTech
Paskelbta 05-05
Bu memni ko'rgan bo'lishingiz mumkin Local serverlarni vaqtinchalik internetga ulash va shu bilan testlash, taqdimot qilish yoki kimgadir ko'rsatish uchun bir qancha vositalar bor. Eng mashhurlarida biri - Ngrok. jprq ham uning alternativi. Ikki vositani ham ishlatib ko'rmoqchi bo'ldim. Ngrokni ishlatishda deyarli hech qanday qiyinchilik bo'lmadi. Jprqni ishlatishda ro'yxatdan o'tish kerak ekan. Keyinchalik ham ishlatishda ko'plab xatoliklar bo'ldi. Lekin jprqning ustun tomoni open-source va hech qanday cheklovlar yo'q
Paskelbta 04-28
So‘nggi ikki yil ichida tajribali va muvaffaqiyatli dasturchilar bilan o‘tkazilgan har qanday intervyu yoki podkastda sun’iy intellekt mavzusi albatta tilga olinadigan bo‘lib qoldi. Albatta, zamonaviy texnologiyalar, ulardan unumli foydalanish va ularning ijobiy hamda salbiy jihatlari haqida fikr almashish foydali. Biroq “Sun’iy intellekt dasturchilarning o‘rnini bosadimi?” degan savol ko‘pincha ortiqcha shov-shuv va haypga sabab bo‘lmoqda, deb o‘ylayman. Natijada yangi dasturlashni o'rganayotganlarda motivatsiya yo'qoladi va potensiali pasayadi. Garchi hamma bu savolga "Yo'q" deb javob bersada, hamon shu savol trendda.
Paskelbta 04-16
Videoda Linux va Git asoschisi Linus Torvaldsning ish stoli tasvirlangan. Norasmiy manbalarga ko'ra hozirda 90% serverlar Linuxda ishlaydi