Įrašo turinys
Networking = ishonchni transfer qilish mexanizmi Ko'p sohalarda bo'lgani kabi IT da ham networking (tanish-bilish) muhim bo'lgan va hozir ham shunday. Menimcha so'ngi 1-2 yilda asosiy darajalardan biriga ham chiqib bo'ldi. Bundan nolish kerak emas, bu soha talabi. Nega? Sun'iy intellekt juda ko'p texnik ishlarni avtomatlashtirishni eplayapdi. Va avval unchalik muhim deb qaralmagan - jamoa bilan chiqishuv va ishonch asosiy darajaga chiqib boryapti. Ayniqsa kichik startup va shaxsiy korxonalar uchun. Bunday vaziyatda albatta vakansiya orqali dasturchi izlash optimal yo'l emas Jamoada ishlab kelayotgan dasturchilarning maslahati asosiy deb qaraladi. Ko'p qadamlardan o'tish shart bo'lmay qoladi. Bitta narsani tushunish kerak - qo'lidan biror ish kelmaydigan dasturchi, kelajagi ko'rilayotgan va jamoa qayg'urayotgan proyekt uchun referal orqali olinmaydi, bu mantiqsiz. Biror tanishingiz sizni o'z jamoasida bor bo'sh ish o'rniga taklif qilmayapti? Unda muammo sizda. U siz ish topib ketishingiz uchun o'z qadrini yo'qotgisi kelmaydi O'z ustingizda ishlang va boshqalarga siz nimaga qodirligingizni ko'rsating - fikrimcha, shu eng to'g'ri yo'l O'zim guvohi bo'layotgan vaziyatlar asosida yozdim:)