TGINSIGHT CHAT
RedFox Branding
@redfoxuz
Marketing, PR, advertisingPortfolio: @portfolius Sayt: redfox.uz instagram.com/redfoxuz @RedFoxManager +998 97 778-5008
Naujausi įrašai
3 puslapis iš 85 · 1,015 įrašų
Paskelbta 03-29
Kelayotgan Ramazon hayiti muborak! 🌙 Bayram shukuhi xonadoningizga fayz, yuragingizga esa iliqlik va osoyishtalik olib kelsin. Yaqinlaringiz sog‘-salomat, hayotingiz esa tinchlik va baxt bilan to‘lsin. Har doim omad va quvonch sizga hamroh bo‘lsin! RedFox jamoasi siz – mijozlarimiz, hamkorlarimiz va ijodiy sohadagi barcha hamkasblarimizni ushbu qutlug‘ kun bilan tabriklaymiz. Hurmat bilan RedFox jamoasi Bog'lanish uchun: ☎️ +998 97 778 5008 ❤️@RedFoxManager 🖼Behance / 🖼Dribble / 📹Instagram
Paskelbta 03-19
Marstiff — O‘zbekistondagi birinchi SAT imtihoniga tayyorlovchi akademiya bo‘lib, biz ushbu akademiya uchun zamonaviy va professional logotip yaratdik. U akademiya asoschisi Marifat Jamalning mustahkam qadriyatlari va bilimga asoslangan yondashuvini ifodalaydi. Logotipdagi «M» harfi shaklidagi belgi barqarorlik va yuksalishni anglatadi. Bu esa Marstiff’ning mukammallikka intilishi va doimiy rivojlanishga bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatadi. Logotipda tanlangan to‘q yashil va yorqin yashil ranglar esa bilim, o‘sish, ishonch va qat’iyatlilik kabi tushunchalarni ifodalaydi. Umuman olganda, logotip nafaqat chiroyli ko‘rinadi, balki Marstiff’ning asosiy g‘oyalarini – bilim, o‘sish va mukammallik sari intilishni yorqin namoyon etadi. Bog'lanish uchun: ☎️ +998 97 778 5008 ❤️@RedFoxManager 🖼Behance / 🖼Dribble / 📹Instagram
Paskelbta 02-28
Ramazon oyi muborak!🌙✨ Ushbu qutlug‘ oy barchamizga tinchlik, baraka va ezgulik olib kelsin. Tirishqoqlik ila qilgan mehnatingiz, ijodiy g‘oyalaringiz va tashabbuslaringiz yanada rivoj topib, yangi imkoniyatlar eshigini ochsin. Yaqinlaringiz sog‘-salomat, xonadoningiz fayzli bo‘lsin! Qilgan har bir ezgu amalingiz o‘z mukofotini topib, hayotingizga yanada ko‘proq yorug‘lik va farovonlik olib kelsin. Biz mijozlarimiz, doimiy hamkorlarimiz, mahoratli grafik dizaynerlar, veb mutaxassislar, zamonaviy fikrlovchi marketologlar, mehnatkash frilanserlar hamda jamoamiz a’zolari uchun alohida tabriklar tayyorladik. Hurmat bilan RedFox jamoasi Bog'lanish uchun: ☎️ +998 97 778 5008 ❤️@RedFoxManager 🖼Behance / 🖼Dribble / 📹Instagram
Paskelbta 02-22
#inqilobiy_ozgarish / #kinoindustriya / #OLED Dunyo o‘zgarayotgani singari kinoteatrlar ham katta transformatsiyani boshdan kechirmoqda. An’anaviy DLP, LCD va Laser proyektorlar o‘z o‘rnini OLED va MicroLED texnologiyalariga bo‘shatmoqda. Bu faqat yangi texnologiya emas, balki butun sanoatning inqilobi! 🔥 Jajji maqolachani o'qish: https://www.rahimazim.uz/kinoteatrlarda-inqilob-oled-erasi-boshlanmoqda-2/
Paskelbta 02-17
Nega aynan Vector? Grafik dizaynda to'g'ri format tanlash dizayn sifati va ishlash samaradorligiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, vektor grafikalar ko'plab afzalliklarga ega bo'lib, dizaynerlar orasida keng qo'llaniladi. 1. Sifatni yo'qotmasdan kattalashtirish Matematik formulalar asosida yaratilgani sababli, istalgan o‘lchamda sifatni saqlaydi 2. Yengil va tezkor Raster fayllarga qaraganda kamroq xotira egallaydi va tez yuklanadi 3. Tahrirlashning osonligi Vektor grafikalarni istalgan vaqtda osonlik bilan tahrirlash mumkin. Ranglar, shakllar va o‘lchamlarni tez o‘zgartirish imkonini beradi. 4. Moslashuvchanlik AI, SVG, EPS kabi formatlari turli platformalarda ishlaydi. 5. Professional natijalar Poligrafiya, reklama, qadoq va brending sohalarida yuqori sifatli natijalar olish uchun vektor grafikalar afzal ko'riladi. Chunki chiroyli va aniq chiziqlar dizaynni professional ko'rsatadi. Bog'lanish uchun: ☎️ +998 97 778 5008 ❤️@RedFoxManager 🖼Behance / 🖼Dribble / 📹Instagram
Paskelbta 02-12
2025-yil rangi e’lon qilindi! Siz allaqachon bu yangilikni eshitgandirsiz, lekin baribir e’lon qilib qo‘yaylik! Har yili Pantone Rang Instituti olti oydan ortiq vaqt davomida dunyodagi turli tendensiyalarni o‘rganadi va shu asosda Yil rangini tanlaydi. Bu safar 2025-yilning rangi Mocha Mousse deb nomlangan iliq, shokoladsimon jigarrang bo‘ldi. Bu rang qulaylik va shinamlik ramzi bo‘lib, kimgadir sevimli shirinlikni, boshqalarga esa qaymoqli qahvani eslatishi mumkin. Pantone instituti vitse-prezidenti Lori Pressman bu rang haqida shunday deydi: "Mocha Mousse tabiiy boyligi va iliqligi bilan insonlarga qulaylik bag‘ishlaydi. U nafaqat bizga osoyishtalik baxsh etadi, balki boshqalar bilan yoqimli lahzalarni baham ko‘rishga ham undaydi." Sizningcha, bu rang hayotimizga qanday ta’sir qiladi? Uni qayerda qo‘llash mumkin deb o‘ylaysiz – moda, interyer yoki dizaynda? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!😊 Bog'lanish uchun: ☎️ +998 97 778 5008 ❤️@RedFoxManager 🖼Behance / 🖼Dribble / 📹Instagram
Paskelbta 02-03
Shogird qabul 2025 — Shogirdlikka qabul! 🦊🎨 Toshkent shahrida yashovchi yoki kelib yashash imkoniyatiga ega yigit-qizlar uchun ajoyib imkoniyat!. RedFox dizayn studiyasi grafik dizayn sohasiga qiziquvchi shogirdlarni qabul qiladi 🔍Shogirdlik dasturida sizni kutayotgan imkoniyatlar: -Grafik dizayn va brending bo‘yicha tajriba orttirish -Haqiqiy loyihalar ustida ishlash va kuchli portfolio yaratish Talablar: •Professional dasturlarda (adobe photoshop, adobe illustrator, corel draw, figma) ishlay olishi •Shaxsiy kompyuter yoki noutbukga ega bo'lish •Ma'suliyatli va moslashuvchan bo'lish • Yangi bilimlarga chanqoq bo‘lish • Deadline'larga qat'iy amal qilish • Full-time ishlash imkoniyatiga ega bo‘lish • Jamoa bilan ishlay olish ko'nikmasi Shogirdlik joylari cheklangan. Shoshiling va o'zingizga mos keladigan imkoniyatni qo'ldan boy bermang! 📩 Qo'shimcha ma'lumot va ariza topshirish uchun @redfoxsuhbat ga o'z ma'lumotlaringizni yuboring.
Paskelbta 01-13
@redfoxuz / #vacancy / #salesmanager RedFox dizayn studiyasiga sotuv menejeri kerak (qiz bola yoki ayol kishi)! Muloqot qilish ko‘nikmalari kuchli, muloqot qilishni va mijozlar bilan ishlashni yaxshi ko‘radigan, sotuv bo‘yicha kamida 1 yillik ish tajribasiga ega, mas’uliyatli va xushmuomala sotuv menejeri qidirilmoqda. ✅Sizni kutayotgan imkoniyatlar: -Shinam offis -Qulay ish muhiti va jamoa bilan ishlash imkoniyati Qo'shimcha ma'lumot va ariza topshirish uchun @redfoxsuhbat ga o'z ma'lumotlaringizni yuboring
Hashtags
Paskelbta 12-16
"Dizaynerning kuchi faqat texnik ko'nikmalarda emas, balki kreativ yondashuvda hamdir. Texnikani o'rganish mumkin, lekin ijodkorlik – bu sizni boshqalardan ajratib turadigan eng katta ustunlik.😇 🖼Behance / 🖼Dribble / 📹Instagram
Paskelbta 11-20
Университет UDEA ищет CММ-менеджера! so'm13000000 — so'm15000000 Описание Представьте, как в вашем резюме появляется крутая строчка: "помог университету утроить продажи, создав самую сильную SMM стратегию". Это не просто достижение, а настоящая визитная карточка профессионала, который умеет добиваться значимых результатов. Именно такого SMM менеджер нужен в нашу команду Требования 1. Опыт работы в SMM от 2 лет; 2. Знание алгоритмов соцсетей и навыки работы с аналитическими инструментами; Обязанности 1. Разработка и реализация SMM-стратегии для разных аудиторий (студентов, преподавателей, абитуриентов); 2. Продвижение университета в соцсетях (Instagram, Facebook, TikTok, YouTube, Telegram и др.), планирование контент-кампаний под каждую платформу; 3. Настройка таргетированной рекламы; 4. Анализ эффективности кампаний и корректировка стратегии в случае необходимости; 5. Обеспечение единого стиля и тона коммуникации, представление университета в позитивном ключе; 6. Взаимодействие с PR и маркетингом для согласования и улучшения контента. Будет плюсом 1. Очень любим цифры и аналитику, будет круто если расскажете про свои достижения в цифрах; 2. Балдеем от тех, кто понимает или работал в образовании, не важно, курсы или университеты; 3. Вообще идеально, если у вас есть английский; 4. Если у вас есть опыт побед в TAF или же большие кейсы, которые обсуждали в Ташкенте - считайте работа ваша). Условия работы График с 9:00 до 18:00; 5/2; Шикарный офис на улице Башлык, 1. Ссылка для подачи заявки
Paskelbta 11-20
Университет UDEA ищет PR-менеджера! so'm20000000 — so'm25000000 Добавьте в резюме строку: "Утроил продажи университета, внедрив мощную PR-стратегию и укрепив его репутацию". Мы ищем PR-менеджера, который добивается значимых результатов. Требования Высшее образование (PR, журналистика, маркетинг или смежные области); 3-5 лет опыта в PR, предпочтительно в образовании; Владение узбекским (латиница) и русским языками. Обязанности Разработка и реализация PR-стратегии; Ведение соцсетей и взаимодействие со СМИ; Организация медийных мероприятий и мониторинг репутации. Плюсом будет Опыт в аналитике и PR-результаты в цифрах; Знание сферы образования; Участие в крупных проектах, известных в Ташкенте. Условия График 9:00–18:00, 5/2; Конкурентная оплата труда, ДМС, премии; Обучение, поддержка личного бренда, международные командировки; Современный офис на Башлык, 1. . ссылка для подачи заявки
Paskelbta 10-26
Marketolog sifatida, korxonada strategik g'oyalarni qachon amalga oshirmoqchisiz? Agar hozirgi holatda davom etsangiz, bu hech qachon bo'lmasligi mumkin! Misol tariqasida o'zimni keltiraman!So'nggi 5 yilda ko'p narsani o'rgandim, lekin hammasini faqat korxona uchun qilgan ekanman: • Yangi sotuvchilarni ishga moslashtirish uchun sotuv texnikalarini o'rganib chiqdim. • Dizaynni yaxshilash uchun Rossiyadagi kurslarga qatnashdim. • SMM mutaxassisi ketgan taqdirda ham korxonamga foyda keltirish uchun o'zim bilim oldim. • Mobilografiyani o'rganib, kurslarga qatnashdim. • Kopirayterlik va ssenariy yozishni o’rganish kerak deb, bir qancha kitob o’qidim. Lekin bularning hammasi korxona uchun ekanligini va u operatsion ish ekanligini keyin angladim. O'z karyeram uchun hech qanday reja tuzmagan ekanman. Siz bu xatoni takrorlamang! Strategik fikrlang va amalda qo'llang. Shu sabab, hozirda o'z tajribam asosida funksional xizmatlar produktlarini ishlab chiqib, ularni siz kabi hamkasblarga yetkazmoqdaman. Ohirgi 10 kun ichida: • 5 ta kuchli kopirayterlardan jamoa tuzdim. • 10 dan ortiq Instagram sahifalarini audit qildik. • Reels videolar uchun ssenariylar yozishni boshladik — asosiy maqsad marketologlarning vaqtini tejash uchun. Korxona uchun ishlayveraman deb, o'z kelajagingizni unutmasligingiz kerak. Agar sahifangiz auditi yoki Reels ssenariylari kerak bo'lsa, hoziroq bog'laning: @abdualimov_aa Audit uchun faqat 5 ta sahifa qabul qilamiz. Ssenariylarni o'zim yozaman desangiz, sahifamizga obuna bo'lib, uslublarni o'rganishingiz mumkin: @abloguz