Votoatiny lahatsoratra
🟦🟦🟦🟦😁 🧩Impact Factor – bu ilmiy jurnalda chop etilgan maqolalarga berilgan iqtiboslarning raqamda ifodalangan ko‘rsatkichidir. Ilmiy jurnal degani tushunarli, unda maqola chop etish degani ham tushunarli, “iqtibos” (citation) nima degani unda? 🟠 ➡️Jonli misol bilan tushuntiraman. Men 2020-yilning fevral oyida “American Journal of Biodiversity” degan jurnalda O‘zbekistonning Zarafshon daryosida qora dog‘li qumbaliq (Gobio nigrescens) degan baliqning uchrashi to‘g‘risida maqola chop etdim. Bundan avval bu daryoda ushbu baliqning uchrashi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmagan. Demak men bu ma’lumotni ilk marotaba qayd etdim. Endi deylik 2020-yilning sentabr oyida eronlik bir ixtiolog-tadqiqotchi Gobio urug‘iga mansub baliqlar haqida maqola yozayotganda, meni maqolamni ko‘radi-da, o‘z maqolasida mening ma’lumotlarimdan foydalanadi. Masalan u o‘z maqolasida: “Qora dog‘li qumbaliq Afg‘oniston va Eron hududidan oqib o‘tuvchi Hari daryosida (Coad, 2019) va O‘zbekiston hududidagi Zarafshon daryosida (Sheraliev et al., 2020) uchraydi” deb yozadi Aynan mana shu gapida u B.Coad (kanadalik ixtiolog, Eron baliqlari bo‘yicha mutaxassis) va mening maqolalarimdan iqtibos keltirib o‘tgan bo‘ladi. Men ham odatda o‘z maqolalarimda boshqa mualliflarning ishlaridan iqtibos keltiraman. Masalan bir maqolamda quyidagicha yozganman: “Triplophysa urug‘iga mansub baliqlarning ayni vaqtda 160 dan ortiq turi mavjud (Fricke et al., 2021).” Bu baliqlarning nechta ekanligini men sanab chiqmaganman, shu bois bu ma’lumotni ishlatayotganda uning muallifi (bu yerda Ronald Fricke) ishidan iqtibos keltiraman. Aks holda bu plagiat, ya’ni ko‘chirmachilik bo‘lib qoladi. ➡️Maqolangizga boshqa tadqiqotchilar tomonidan qancha ko‘p iqtibos keltirilsa, sizning ilmiy salohiyat darajangiz (h-indeks, bu haqida boshqa safar batafsil aytib beraman) ham shuncha ortib boradi. Shu bilan jurnalda chop etilgan maqolalarga qanchalik ko‘p iqtibos keltirilsa, jurnalning impakt faktori ham shuncha ortib boradi. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐😁t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram