TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Miverina amin'ny lisitry ny fantsona
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti avatar

TGINSIGHT CHAT

O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti

@unkiuz

Education

O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti rasmiy kanali

Mpandray347Mpandray ankehitriny
Lahatsoratra arahi-maso480Isan'ny lahatsoratra voasoratra
Fahatrarana vao haingana3,544Totalin'ny fijery vao haingana
Lahatsoratra vao haingana

Lahatsoratra vao haingana

Pejy 1 amin'ny 40 · 480 lahatsoratra

Navoaka -18 d

❗️ ❗️ ❗️ ❗️ 📝Ilmiy kadrlar tayyorlash va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Doktorantlar stipendiyasini 1,7 barobarga oshirish hamda ilmiy tadqiqotlarda zarur boʻlgan asbob-uskuna va reagentlar xaridi uchun har yili qoʻshimcha mablagʻ ajratib borish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, ilmiy rahbarlar masʼuliyati va ularni ragʻbatlantirish mexanizmlarini kuchaytirish taklif qilindi. Endilikda muvaffaqiyatli himoya qilingan dissertatsiyalar boʻyicha ilmiy rahbarlarning xalqaro ilmiy faollik koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda natijaga yoʻnaltirilgan ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish koʻzda tutilmoqda. Yana bir muhim yoʻnalishlardan biri – Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha yangi yondashuvlar taklif etildi. Bunda Oliy attestatsiya komissiya faoliyatini Fanlar akademiyasi tizimida tashkil qilish, ilmiy kengashlar masʼuliyatini oshirish hamda ular faoliyatini reyting asosida baholash nazarda tutilmoqda. Shuningdek, ilmiy daraja berish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish orqali ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish taklif qilindi. Xususan, hozirgi kunda dissertatsiya himoyasi jarayonida amal qilayotgan tartib-taomillarning 50 foizi raqamlashtirish hisobidan qisqartiriladi. Mazkur jarayonda koʻp sonli hujjatlarni chop etish, avtoreferatlarni katta miqdorda tayyorlash hamda dissertatsiyalarni takroran muhokama qilish bilan bogʻliq ortiqcha talablar bekor qilinishi nazarda tutilmoqda. Bu esa izlanuvchilar uchun qulaylik yaratish, vaqt va mablagʻ sarfini kamaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ilm-fan va iqtisodiyotning real sektori integratsiyasini kuchaytirish maqsadida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini amaliy tadqiqot loyihasi doirasida olishni nazarda tutuvchi “Loyiha doirasida ilmiy daraja” hamda “Amaliy doktorantura” dasturlarini yoʻlga qoʻyish taklif qilindi. Ushbu yondashuvlar doirasida doktorlik tadqiqotlari ishlab chiqarish va iqtisodiyotning amaliy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Bunda ilmiy izlanishlar real sektor korxonalari bilan hamkorlikda amalga oshirilib, ularning natijalarini amaliyotga joriy etishga alohida eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, ilmiy loyihalarni moliyalashtirish va saralash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi. Jarayonga xalqaro ekspertlarni jalb qilish, zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida loyihalarni baholash tizimini joriy qilish hamda ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishda shaffoflik va samaradorlikni oshirish koʻzda tutilmoqda. Shu bilan birga, ilmiy faollikning yuqori oʻsish surʼatlari tadqiqot sifati, akademik halollik va ichki ilmiy nazorat mexanizmlarini yanada kuchaytirishni talab etmoqda. Shu munosabat bilan olimlarning ilmiy faoliyatini kuzatishning yagona raqamli tizimini joriy etish, ilmiy etika standartlarini takomillashtirish, tadqiqot sifati ustidan taʼsirchan monitoring mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish taklif qilindi. Xorijda faoliyat yuritayotgan tajribali vatandosh olimlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi. Jumladan, ilm-fan sohasini xalqaro tajriba asosida rivojlantirish, ilmiy tadqiqot madaniyatini mustahkamlash hamda zamonaviy metodologik standartlarni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiquvchi Ilm-fan maslahat kengashini tashkil etish taklifi bildirildi. 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

178 views

Navoaka -19 d

https://uza.uz/oz/posts/noorganik-kimyo-sohasidagi-ilmiy-yutuqlar-va-amaliy-yechimlar-muhokama-qilindi_861584

180 views

Navoaka -19 d

⚡️ Hech qaysi davlatda kuzatilmagan murojaat: Prezidentdan yoshlarga katta ishonch “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan murojaati nafaqat samimiy tabrik, balki Yangi O‘zbekiston yoshlariga berilgan ulkan baho va tarixiy ishonch ramzi bo‘ldi. ❗E’tiborlisi, jahon amaliyotida davlat rahbarining maktab bitiruvchilariga bunday keng qamrovli, batafsil va ilhomlantiruvchi murojaat yo‘llashi deyarli uchramaydi. Bu – yoshlarga munosabatda mutlaqo yangi yondashuv. Davlatimiz rahbari bitiruvchilarni “Uchinchi Renessans bunyodkorlari” deb atadi. Bu shunchaki balandparvoz ibora emas. Bu – mamlakat kelajagini aynan bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar bilan bog‘layotgan davlat siyosati ifodasidir. 📌Bugun yoshlar uchun: 👀 207 ta oliy ta’lim muassasasi, 👀 startaplar uchun 100 million dollar, 👀 IT va sun’iy intellekt sohasida minglab imkoniyatlar, 👀 tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar tayyor. ✅ Eng muhimi, bugun Yangi O‘zbekistonda yoshlarga “sen uddalay olasan” degan ishonch berilmoqda. 🏅 Ma’lumot uchun: joriy yil birinchi marta 11 ming nafardan ziyod o‘quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomlamoqda. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

182 views

Navoaka -21 d

👍👍👍👍😁 📣Olimimiz xalqaro chempionat finalida munosib ishtirok etdi! 📚 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti “Uglevodorodlar kimyosi va texnologiyasi” laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi Raximov Bekzod Baxtiyorovichhamda PhD Auesbayev Alisherlar joriy yilning 18–23-may kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida xizmat safarida bo‘ldi. 🎯Safar maqsadi nima edi? Bekzod Raximov Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “CASE-IN” XIV Xalqaro muhandislik chempionatining MDH yosh mutaxassislari ligasi final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 📌 Eslatib o‘tamiz: Aprel oyida bo‘lib o‘tgan masofaviy saralash bosqichida yurtimizning "Energy.uz" jamoasi yuqori natija ko‘rsatib, ushbu final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. 🌐Tashrif doirasida qanday natijalarga erishildi? Innovatsion yechimlar: Muhandislik, energetika va sanoat sohalarida yurtimiz olimlarining bilim va ko‘nikmalari yuqori savoyada namoyish etildi; Xalqaro aloqalar: Xorijiy hamkasblar bilan tajriba almashilib, professional aloqalar yanada kengaytirildi; Zamonaviy tajriba: Sohaga oid eng so‘nggi texnologiyalar va ilg‘or amaliyotlar o‘rganildi; Nufuz va salohiyat: Jamoaning ilmiy-texnik salohiyati namoyish etilib, respublikamiz nufuzi xalqaro miqyosda munosib targ‘ib qilindi. 📝Yurtimiz ilmini xalqaro maydonda munosib himoya qilib qaytgan olimimizga va jamoaga kelgusi ilmiy izlanishlarida ulkan zafarlar tilaymiz! 👏 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

207 views

Navoaka -21 d

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida"gi Qarori Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

185 views

Navoaka -22 d

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦😁 📣KONFERENSIYA: 2-KUN | ONLAYN 📝O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti (UNKI) Professor B.S. Zakirov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan xorijiy olimlar ishtirokidagi Respublika ilmiy-texnikaviy anjumani ikkinchi kunida ishtirokchilar dolzarb muammolarning ilmiy yechimlarini o'zlarining tadqiqot natijalari orqali ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. Yuqori salohiyatga ega ma`ruza ishtirokchilari sertifikat va esdalik sovgalari bilan taqdirlanishdi. Anjuman yuqori saviya va amaliy natijalar bilan olib borildi, kunning ikkinchi yarmida anjuman yakuniga etdi. 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

239 views

Navoaka -22 d

1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣😁 📝Har bir tadqiqotchi bilishi kerak bo‘lgan platformalar 🔸Scopus Author Search https://www.scopus.com/freelookup/form/author.uri?zone=TopNavBar&origin=NO%20ORIGIN%20DEFINED ▶️Olimlarning H-indexi, citation soni, maqolalari va ilmiy faoliyatini ko‘rish mumkin. 🔸SCImago Journal Rank https://www.scimagojr.com/ ▶️Jurnallarning Q1–Q4 darajasi, reytingi va yo‘nalishini tekshirish uchun ishlatiladi. 🔸ScienceDirect https://www.sciencedirect.com/ ▶️Turli yo‘nalishdagi ilmiy maqolalarni qidirish va o‘qish uchun qulay platforma. 🔸Sci-Hub https://www.sci-hub.in/ ▶️DOI orqali ilmiy maqolalarning PDF nusxalarini topishda foydalaniladi. 🎓Doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar uchun foydali platformalar. 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

219 views

Navoaka -22 d

241 views

#mobil_reportaj O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo institutida k.f.d., professor B.S. Zakirov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Noorganik kimyo va kimyoviy texnologiyaning respublika taraqqiyotidagi o‘rni va istiqbollari” mavzusidagi xorijiy olimlar ishtirokida Respublika ilmiy-texnikaviy anjuman o'tkazilmoqda. Anjuman maqsadi — noorganik kimyo va kimyoviy texnologiya sohasida olib borilayotgan zamonaviy ilmiy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar hamda ishlab chiqarishga joriy etilayotgan ilg‘or texnologiyalarni muhokama qilish, ushbu yo‘nalishlarning respublika iqtisodiyoti taraqqiyotidagi o‘rni va istiqbollarini belgilashdan iborat. Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

193 views

Navoaka -23 d

✨✨✨🔠🔠🔠🔠🔠🔠✨✨✨ 🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi 📚😁Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi Ilmiy kengashining qaroriga asosan, Saidkulov Fayzullo Ravshan o‘g‘liga Kimyo fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasi berilganligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. 👥 Institutimiz ilmiy jamoasi hurmatli Saidkulov Fayzullo Ravshan o‘g‘lini munosib ilmiy daraja bilan qutlab, kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qoladi. Diplom yaxshi kuningizga xizmat qilsin!!! Fayzullojon olimlik sharafi muborak boʻlsin, loyiqlikda bardavom bo`ling 👏👏👏👏👏 ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐😁t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

226 views

Navoaka -23 d

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 😁Konferensiya jarayonidan fotolavhalar! 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

764 views

Navoaka -23 d

😁UNKI | ONLINE🟦🟦 📝Ayni vaqtda O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo institutida k.f.d., professor B.S. Zakirov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan“Noorganik kimyo va kimyoviy texnologiyaning respublika taraqqiyotidagi o‘rni va istiqbollari” mavzusidagi xorijiy olimlar ishtirokida Respublika ilmiy-texnikaviy anjuman bo'lib o'tmoqda. 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram

730 views
123•••10•••20•••30•••3940
Teo alohaPejy 1 amin'ny 40Manaraka