Votoatiny lahatsoratra
O‘zbekistonda ilmiy merosni raqamlashtirishda tarixiy qadam! Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 85 000 yevro qiymatga ega zamonaviy ScanRobot 2.0 MDS avtomatik kitob skaneri xarid qilindi. Bu oddiy texnika emas bu ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqadigan kuchli va strategik texnologik yechimdir. Ushbu qurilma Avstriyada ishlab chiqarilgan (Treventus kompaniyasi) bo‘lib, dunyodagi eng ilg‘or va ishonchli raqamlashtirish texnologiyalaridan biri hisoblanadi. Eng e’tiborli jihati shundaki, bugungi kunda bu turdagi yuqori darajadagi skanerlar dunyo bo‘yicha ham juda kam turli ma’lumotlarga ko‘ra, ularning umumiy soni bir necha o‘nlab (taxminan 50–70 atrofida)ni tashkil etadi. Markaziy Osiyoda esa atigi 4 ta mavjud bo‘lib, shundan 3 tasi Qozog‘istonda, O‘zbekistonda esa aynan shu yagona. Mazkur uskuna o‘z imkoniyatlari bilan haqiqatan ham ajralib turadi: u soatiga 2500 sahifagacha avtomatik tarzda skan qiladi, kitob sahifalarini o‘zi varaqlaydi va eng muhimi, hatto qadimiy yoki nozik qo‘lyozmalarga ham zarar yetkazmasdan, maxsus texnologiya asosida ehtiyotkorlik bilan raqamlashtiradi. 400 DPI yuqori aniqlikda tasvir olish, rang chuqurligi, bir vaqtning o‘zida arxiv, internet va chop uchun tayyor formatlarni berishi uni oddiy skanerdan mutlaqo farqlaydi. Ya’ni bu qurilma nafaqat skaner, balki tayyor ilmiy raqamli mahsulot ishlab chiqaruvchi tizimdir. Endilikda ilmiy loyihalar hisobotlari, dissertatsiyalar, noyob kitoblar va qo‘lyozmalar faqat qog‘ozda qolib ketmaydi. Ular raqamli shaklga o‘tadi, saqlanadi, tez topiladi va eng muhimi keng jamoatchilikka yetib boradi. Bu esa ilmni haqiqiy ishlaydigan resursga aylantiradi. Eng muhimi, ushbu imkoniyat faqat bitta tashkilot bilan cheklanmaydi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy institutlar, yirik kutubxonalar va arxivlar ham endi o‘z fondlarini zamonaviy tarzda raqamlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu qaror shunchaki uskunani xarid qilish emas. Bu O‘zbekistonda ilm-fanni raqamli transformatsiya qilish, uni global ilmiy maydonga olib chiqish yo‘lidagi juda to‘g‘ri va uzoqni ko‘zlagan qadam. Ana shunday tashabbuslar orqali yaqin yillarda mamlakatimizda milliy raqamli kutubxona va global ilmiy baza shakllanishiga ishonch bilan qarash mumkin. 👉@ilmiy_darajali_kadrlar