Votoatiny lahatsoratra
🔥🔥🔥🔥🔥🔥😁 Bugun institutimizning Katta majlislar zalida professorlar, yosh olimlar va doktorantlar uchun o‘ta dolzarb mavzuda davra suhbati shaklidagi seminar bo‘lib o‘tdi. 🔍Seminar mavzusi: “Ixtiro talabnomasida analog va eng yaqin analog tushunchasi” Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-358-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda xodimlarning intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish maqsadida tashkil etildi. 👤Maxsus mehmon: Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi”ning Ixtirolar va foydali modellar bo‘limi boshlig‘i Abduqodirov Ikrom Tohirovich ishtirok etdi. 📌Seminar davomida nimalar muhokama qilindi? ✅Ixtirolarni rasmiylashtirishda yo'l qo'yiladigan asosiy xatolar. ✅Analog va eng yaqin analog tushunchalarining huquqiy va texnik farqlari. ✅Xalqaro patent tizimiga integratsiyalashuv va zamonaviy AKT texnologiyalarini sohaga joriy etish. "Ilmiy ishning natijasini nafaqat yaratish, balki uni huquqiy himoya qilish — bugungi kun olimining asosiy ko'nikmalaridan biri bo'lishi shart." Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob oldilar. Bu kabi amaliy seminarlar institutimizda ilmiy salohiyatni oshirishga xizmat qiladi. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐😁t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram