Votoatiny lahatsoratra
1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣😁 📝Kirish (Introduction) bo‘limi — ilmiy maqolaning poydevori Scopus yoki Web of Science talablari bo‘yicha maqola yozishda eng ko‘p xatoga yo‘l qo‘yiladigan bo‘lim — bu Kirish bo‘limi. Ko‘pchilik uni ortiqcha uzun, umumiy yoki mavzudan uzoq tarzda yozadi. Aslida esa Kirish — butun maqolaning ilmiy asosini yaratib beradigan strategik qismdir. Quyida Kirish bo‘limini to‘g‘ri, mantiqiy va zamonaviy ilmiy standartlarga mos yozishning eng muhim tamoyillari keltiriladi. ✅Kirish bo‘limining asosiy vazifalari To‘g‘ri yozilgan Kirish bo‘limi quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi kerak: 🟢 Tadqiqot mavzusi va dolzarbligini asoslash; 🟢 Ilmiy muammoni aniq ko‘rsatish; 🟢 Oldingi tadqiqotlar sharhini (literature review) berish; 🟢 Mavjud ilmiy bo‘shliq va ilmiy yangilikni ta’kidlash; 🟢Tadqiqot maqsadi va yondashuvini bayon qilish, ✅Kirish qismi "qismlari" Kirish odatda quyidagi 5 qismdan iborat bo‘ladi: 🔸 Kontekst (Background) — mavzuga umumiy kirish; 🔸 Adabiyotlar sharhi — avvalgi tadqiqotlar tahlili; 🔸 Muammoni yoritish — nima yetishmayotgani aniq ko‘rsatiladi; 🔸 Maqsad va yondashuv — “Bu tadqiqot nimani hal qiladi?” savoliga javob; 🔸 Tuzilma (ixtiyoriy) — maqolaning qisqacha tuzilishi haqida ma'lumot. ✅Kirish yozishda keng uchraydigan xatolar 😀 Juda umumiy kirish berish ❌ Adabiyotlarni shunchaki sanab o‘tish, lekin ularni tahlil qilmaslik ❌ Tadqiqot maqsadini noaniq yozish ❌ Juda uzun va mavzudan chetga chiqib ketgan jumlalar To‘g‘ri yondashuv: ✅ Faqat mavzuga yaqin tor sohalarni tanlang ✅ Har bir manbani o‘z muammongiz bilan bog‘lab yozing ✅Scopus/WoS darajasidagi jurnallar talablari Scopus va Web of Science jurnallari Kirish bo‘limidan aynan quyidagilarni kutadi: 📌 Dolzarblik — mavzu global yoki lokal ilmiy muammoga ulanadi 📌 Yangi adabiyotlar — odatda oxirgi 5 yillik manbalar adabiyotlar ro'yxatini asosini tashkil etishi kerak 📌 Muammo aniqligi — tadqiqot hal etadigan muammoni aniq va dalil bilan ko‘rsatilgan 📌 Aniq maqsad — bitta jumlada ravshan bayon etilishi zarur 📌 Mantiqiy davomiylik — har bir paragraf oldingisini davom ettiradi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐😁t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram