Votoatiny lahatsoratra
✅ Fanlar akademiyasi umumiy va noorganik kimyo institutida press-tur hamda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi Tadbirda institut direktori, professor Aziz Ibragimov so‘zga chiqib, muassasaning shakllanish tarixi, bugungi kundagi ilmiy salohiyati va amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, u institutning yaqin va uzoq istiqboldagi rejalari, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasiga to‘xtaldi. Press-tur davomida ishtirokchilar zamonaviy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tajribalar, yangi ishlanmalar va tadqiqot jarayonlari namoyish etildi. Mehmonlar nafaqat kuzatuvchi, balki ilmiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanish imkoniga ega bo‘ldi. Tilda, fikrda, ishda birlik! Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube