TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti avatar

TGINSIGHT POST

Post #831

@unkiuz

O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti

Fijery717Isan'ny fijery
Navoaka3 Apr2026-04-03 06:52
Votoatiny

Votoatiny lahatsoratra

1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣😁 Patent (DGU, TB, BGU, NAP, ZAP) nima? 🔰 Patent (lotincha: patens — ochiq, aniq, ravshan) — texnik yechim yoki ixtironing davlat tomonidan eʼtirof etilganligini va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat. Patent olish jarayoni, patent oluvchining maʼsuliyatlari va eksklusiv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. Shunday boʻlsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing biror-bir yangilik kiritayotgani haqida maʼlumot boʻlishi kerak. Koʻp mamlalakatlarda berilgan eksklusiv huquqlar boshqalar patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qoʻllanishi, sotishi yoki tarqatishi oldini oladi. *Manba: uz.wikipedia.org MUALLIFLIK GUVOHNOMAsi qanday olinadi? 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portali tomonidan olinadi. Ushbu portal orqali siz o'z YARATGAN MAHSULOT yoki MA'LUMOTingiz uchun PATENT ya'ni GUVOHNOMA olishingiz uchun ONLINE ARIZA topshirasiz va ma'lum miqdorda davlat boji to'lashingiz kerak bo'ladi. Xo'sh unda DGU, TB, BGU, NAP, ZAP nima? 📝DGU - Elektron Hisbolash Mashinalari (EHM) dasturlari uchun beriladigan guvohnoma seriyasi. Bunda siz tayyorlagan dastur davlat ro'yxatidan o'tkaziladi va patentlanadi va siz tayyorlagan mahsulot davlat muhofazasida ma'lum muddat davomida bo'ladi. 📝TB - Tovar belgilari uchun beriladigan guvohnoma seriyasi. Ya'ni biror tashkilot yoki korxona logosi yoki brendi davlat muhofazasiga olinis. 📝BGU - Ma'umotlar ba'zasi uchun beriladigan guvohnoma seriyasi. Bunda biror muallif ilmiy yangligini davlat muhofasiga olishda beriladi. 📝NAP - O'simlik navlari uchun beriladigan guvohnoma seriyasi. Ya'ni kashf qilingan yoki ixtiro qilingan biror o'simlik navini davlat muhofazasiga olish. 📝ZAP - Hayvon zotlari uchun beriladigan guvohnoma seriyasi. Ya'ni topilgan hayvon zotlarini davlat muhofazasiga olish. Yuqoridagi ma'lumotlardan xulosa qiladigan bo'lsak, 🎓ilmiy ish tayyorlagan muallif tayyorlagan ishini patentlashda 📝BGU guvohnoma seriyasi uchun ariza topshirishi kerak bo'ladi. Ushbu past beib o'tilgan link orqali qanday qilib ARIZA topshirish haqida qo'llanma berilgan: 😎https://www.youtube.com/watch?v=DxXFz9jpFKM 📌O'ylaymizki, ushbu berilgan ma'lumotlar barcha uchun kerakli bo'ldi. 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram