Votoatiny lahatsoratra
⚠️ Hijacked journal: “soxta nusxa” jurnallarni aniqlash (yirtqich (predatory) jurnaldan ham xavfli) Ba’zan jurnal nomi mashhur bo‘ladi, lekin siz kirgan sayt asl jurnalniki emas — bu hijacked journal (“soxta nusxa”). Eng xavflisi: maqolangiz ham, pulingiz ham ketishi mumkin. 🚩 5 ta asosiy belgi 🔸Jurnal nomi tanish, lekin domen g‘alati:.top, .site, .xyz va sh.k. 🔸 Submission faqat email orqali (portal yo‘q) + “tez acceptance” va’dasi 🔸 Saytda eski jurnaldan ko‘chirilgan matnlar, tartibsiz sahifalar 🔸ISSN bor, lekin publisher (nashriyot/universitet) mos emas 🔸 To‘lov shaxsiy karta/Telegramga so‘raladi yoki maqola uchun to‘lov (APC) yashiriladi ✅ Qanday himoyalanish mumkin? 1. Jurnalni faqat rasmiy manbalarda tekshiring: 🔎Scopus Sources:https://www.scopus.com/sources 🔎WoS Master Journal List:https://mjl.clarivate.com/ 2. “Jurnalning asl sayti”ga publisher/universitet sahifasi orqali kiring 3. ISSN + publisher + domain bir-biriga mos ekanini tekshiring 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram