TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti avatar

TGINSIGHT POST

Post #854

@unkiuz

O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti

Fijery270Isan'ny fijery
Navoaka8 Apr2026-04-08 07:03
Votoatiny

Votoatiny lahatsoratra

▶️✅✅✅✅😁 Xalqaro tajriba almashinuvi doirasida o‘tkazilayotgan uchrashuv qizg‘in pallaga kirdi. Rossiya Fanlar akademiyasi Ural filiali vakillari nafaqat nazariy muzokaralar, balki institutimizning amaliy imkoniyatlari bilan ham yaqindan tanishmoqdalar. ⏰Amaliy tanishuv jarayoni... Ayni damda delegatsiya a’zolari institutning eng nufuzli bo‘linmalarida bo‘lib turishibdi: Jamoatchilik markazida Institut direktori prof. A.Ibragimov tomonidan ilmiy ishlanmaalarning muhim tadqiqot jarayonlari tadqiq etiladigan zamonaviy asbob-uskunalar va ularning ishlash mexanizmlari to'g'risida tushuncha berildi. Tashrif buyurgan mehmonlar va institut olimlari o'zaro hamkorlik doirasida kelgusidagi rejalarni aniq belgilab olishmoqda... 🤝Ushbu tashrif shunchaki tanishuv emas, balki ikki mamlakat ilmiy salohiyatini birlashtirishdan iborat. Hamkorlikdan maqsadesa: ✅Kelgusida ilmiy innovatsion texnologiyalarni birgalikda ishlab chiqish; ✅Laboratoriya tadqiqotlari natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishdagi o'zaro hamkorlik; ✅Ilmiy kadrlar tayyorlashda muhim tajriba almashinuvdan iborat. 📚"Ilm-fan chegaralarni bilmaydi. Bugungi laboratoriya sinovlari ertangi katta sanoat inqiloblarining poydevoridir." 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram