Votoatiny lahatsoratra
🎓KARYERA KUNI: ILM-FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-61-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23-aprel va 21-may kunlari O‘zbekiston Milliy universitetining Bosh maydonida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbirda O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti mutaxassislari ham faol ishtirok etdilar. 🔍Tadbirning asosiy maqsadlari: 2025-2026-o‘quv yili bitiruvchilarini mutaxassisliklari bo‘yicha munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish; Talabalarning ilmiy-tadqiqot va laboratoriya faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash; Ilm-fan va ta’lim o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash. 🧑🔬Institut bilan hamkorlik —porloq kelajak garovi! Yarmarka davomida Umumiy va noorganik kimyo instituti vakillari talabalarga institutda mavjud bo‘lgan zamonaviy laboratoriyalar, olib borilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda yosh olimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar. 😁 — Kelajakdagi ilmiy faoliyatini kimyo sanoati va innovatsion ishlanmalar bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan bitiruvchilar uchun Institut eshiklari doimo ochiq! 📌Karyerangizni bugundan, kuchli mutaxassislar davrasida boshlang! 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram