Votoatiny lahatsoratra
🇺🇿9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ilm-fandа fidoyi xizmat qilgan jamiki o‘tgan ustozlarga chuqur ehtiromimiz bo‘lsin. 🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥 9-may — ajdodlar jasorati yod etiladigan, keksalar e’zozlanadigan va o‘tganlar xotirasi yod etib qadrlanadigan muqaddas kun hisoblanadi. Shu munosabat bilan O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti jamoasi institutimizda faoliyat olib borgan, ilmiy maktab yaratib ilmning rivojiga hissa qo‘shgan barcha o‘tgan ulug‘ ustozlarni yod etib, ularning ruhlariga ta'zim bajo keltiramiz... Ustozlar yodi hamisha qalbimizda. Bugungi kunda institutimizda uzoq yillar faoliyat olib borib, kimyo fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, biroq bugun oramizda bo‘lmagan marhum professorlarimiz va olimlarimizni chuqur ehtirom bilan yodga olamiz. Ularning yorqin siymosi, qoldirgan ilmiy maktablari va shogirdlari — biz uchun eng katta merosdir. ✍️Xotira bor ekan, inson qadri mangu yashaydi. Xotira muqaddas qadr abadiy... 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram