Votoatiny lahatsoratra
🔤🔤🔤🔤🔤🔤😁 🎉ILM-FAN FIDOYISI, MOXIR OLIM VA MEHRIBON USTOZ! Bugun O‘zbekiston neft-kimyo fanining yirik namoyandasi, texnika fanlari doktori, professor Bosit Nabiyevich Xamidov qutlug‘ yoshni qarshilamoqdalar! Bosit Nabiyevich o‘zining 60 yildan ortiq davom etgan ilmiy faoliyati davomida nafaqat nazariy tadqiqotlar, balki mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ulkan amaliy yutuqlarga poydevor qo‘ydilar. 🧑🔬Ilmiy jasorat va yutuqlar: Aviatsiya sohasida inqilob: Buxoro NQIZda xalqaro standartlarga javob beradigan Jet A-1 aviatsiya yoqilg‘isini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratib, mamlakatimizga millionlab dollar iqtisodiy samara keltirdilar. Lokalizatsiya ustasi: O‘zbekiston neftlari va chiqindilaridan oqilona foydalanish, mahalliy xomashyo asosida surkov moylari va adsorbentlar (SiO₂-NK) olish maktabini yaratdilar. Ekologik yechimlar: So‘nggi yillarda o‘simlik moylari asosida biologik parchalanadigan, tabiat uchun zararsiz motor moylari ustida muvaffaqiyatli izlanishlar olib bordilar. Boy ilmiy meros: 550 dan ortiq ilmiy maqola, 18 ta patent va 6 ta monografiya muallifi. 🎓Ustozlik maktabi: Bosit Nabiyevich nafaqat olim, balki haqiqiy murabbiy sifatida 20 ta fan nomzodi va 8 ta fan doktoriga rahbarlik qilib, katta bir ilmiy maktabni shakllantirdilar. U kishining sa’y-harakatlari bilan O‘zbekistonda ilk bor davlat tilidagi “Neft va gaz kimyosi” darsligi nashr etildi. 😀“Do‘stlik” ordeni sohibi, institut Faxriylar kengashi raisi, kamtarin va samimiy inson Bosit Nabiyevichni bugungi ayyom bilan chin dildan muborakbod etamiz! Ustozga uzoq umr, mustahkam sog‘lik va ilm-fan rivoji yo‘lidagi xayrli ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz! Ilmiy izlanishlaringiz va o‘gitlaringiz biz yosh olimlar uchun hamisha mayoq bo‘lib xizmat qiladi. 😁O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti jamoasi nomidan.