TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti
O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti avatar

TGINSIGHT POST

Post #940

@unkiuz

O'zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti

Fijery217Isan'ny fijery
Navoaka18 Mey2026-05-18 16:50
Votoatiny

Votoatiny lahatsoratra

Jamiyat elita qatlami hisoblangan olimlar OAV nigohida ... O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi yetakchi ilmiy muassasalardan biri — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori, professor Aziz Ibragimov ishtirokidagi mazkur suhbatda institutning boy tarixi, bugungi ilmiy salohiyati va ustuvor tadqiqot yo‘nalishlari haqida atroflicha fikr yuritildi. Suhbat davomida institut olimlari tomonidan qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari sanoati, metallurgiya, neft-gaz tarmog‘i hamda nanotexnologiya sohalarida olib borilayotgan zamonaviy ilmiy izlanishlar haqida muhim ma’lumotlar berildi. Xususan, yangi avlod mineral o‘g‘itlari, yuqori samarali o‘simlik stimulyatorlari, aerogellar, nanotrubkalar va innovatsion funksional materiallar yaratish borasidagi ishlar alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, ishlab chiqarish bilan integratsiyani kuchaytirish, intellektual mulk va patentlash tizimi, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyotining istiqbolli yo‘nalishlari xususida ham fikrlar bildirildi. Mazkur suhbat yurtimiz ilm-fani rivojiga xizmat qilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlarning ahamiyatini yoritib berish bilan birga, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlarining ilmiy-innovatsion salohiyatini yana bir bor namoyon etadi Suhbatni quyidagi havola orqali ko`rishingiz mumkin. https://youtu.be/JWALiwcNYso?si=-2xRhb3XPMmiwLIs 🌐😁t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram