Votoatiny lahatsoratra
👍👍👍👍😁 📣Olimimiz xalqaro chempionat finalida munosib ishtirok etdi! 📚 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti “Uglevodorodlar kimyosi va texnologiyasi” laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi Raximov Bekzod Baxtiyorovichhamda PhD Auesbayev Alisherlar joriy yilning 18–23-may kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida xizmat safarida bo‘ldi. 🎯Safar maqsadi nima edi? Bekzod Raximov Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “CASE-IN” XIV Xalqaro muhandislik chempionatining MDH yosh mutaxassislari ligasi final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 📌 Eslatib o‘tamiz: Aprel oyida bo‘lib o‘tgan masofaviy saralash bosqichida yurtimizning "Energy.uz" jamoasi yuqori natija ko‘rsatib, ushbu final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. 🌐Tashrif doirasida qanday natijalarga erishildi? Innovatsion yechimlar: Muhandislik, energetika va sanoat sohalarida yurtimiz olimlarining bilim va ko‘nikmalari yuqori savoyada namoyish etildi; Xalqaro aloqalar: Xorijiy hamkasblar bilan tajriba almashilib, professional aloqalar yanada kengaytirildi; Zamonaviy tajriba: Sohaga oid eng so‘nggi texnologiyalar va ilg‘or amaliyotlar o‘rganildi; Nufuz va salohiyat: Jamoaning ilmiy-texnik salohiyati namoyish etilib, respublikamiz nufuzi xalqaro miqyosda munosib targ‘ib qilindi. 📝Yurtimiz ilmini xalqaro maydonda munosib himoya qilib qaytgan olimimizga va jamoaga kelgusi ilmiy izlanishlarida ulkan zafarlar tilaymiz! 👏 😁UNKI — ilmiy innovatsiyalar, zamonaviy tadqiqotlar va kelajak sari intilish maskani. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌐t.me/unkiuz 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram