@HashtagUz · Post #14164 · 24.07.2025 г., 08:25
📱Quloqchinlar ishlab chiqaruvchi iKKO o‘zining ilk smartfonini — Mind One’ni taqdim etdi ℹ️ Yangi qurilma deyarli kvadrat shakldagi ixcham korpusga ega. Ekranida selfi uchun old kamera yo‘q — buning o‘rniga asosiy kamera orqaga bukiladigan tarzda joylashtirilgan va uni selfi yoki videoqo‘ng‘iroq uchun aylantirib ochish kerak bo‘ladi. ⌨️ Shuningdek, kompaniya maxsus QWERTY klaviaturali g‘ilofni ham chiqardi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Hi-Fi DAC Cirrus Logic CS43198, 3,5mm audio port va 500 mA·soatli qo‘shimcha akkumulyator. 📡 Smartfonda NovaLink texnologiyasi qo‘llab-quvvatlanadi — bu mavjud mamlakatlarda bepul internetga doimiy ulanishni ta’minlaydi. 🗣Mind One bir qator o‘ziga xos AI funksiyalarni ham taklif qiladi: matnni ovozli o‘qib berish, audiolarni tarjima qilish va konspektlash, aqlli qidiruvli eslatmalar va boshqalar. 🤖 Smartfon Android 15 bilan ishlaydi, Google xizmatlari mavjud. Kompaniya 3 yil Android yangilanishlari va 5 yil xavfsizlik patchlarini va’da qilgan. ⚙️ To‘liq texnik xususiyatlari: - Ekran: 4,02 dyuym, 1240×1080 AMOLED, 60 Hz - Chipset: MediaTek MT8781 - Xotira: 8/256 GB - Kamera: 50 MP orqaga bukiladigan - Aloqa: nano-SIM, v-SIM, NovaLink, NFC, Wi-Fi 5, Bluetooth 5.2 - Namlikdan himoya: IP54 - Batareya: 2200 mA·soat + 500 mA·soat g‘ilofda 💸 Narxi: $429 👀 Olarmidingiz? ➡️#ikko#smartfon | Birinchi raqamli IT-Blog