TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← КриптоАтака 👀

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Најди сличен содржај

Изворен канал @cryptoattack · Post #20708 · 23 дек.

😨Главное за сегодня: 🇺🇸США (крипто-#ETF): - Трамп назначил Бо Хайнса главой "Криптосовета", а CEO a16z назначен старшим советником по вопросам #AI - Налоговая США (IRS) утверждает, что стейкинг криптовалют облагается налогом - Phoenix Group планирует листинг на Nasdaq в 2025 году 🇰🇵#HYPE В HyperLiquid наблюдается рекордный отток на фоне опасений пользователей, что северокорейские хакеры могут искать уязвимости (несколько кошельков северокорейских хакеров имеют потери >700 000$ от торговли на бирже). #HYPE Hyperliquid Labs опровергают, что их взломали 🇰🇷 Новый комитет Южной Кореи разрабатывает санкции против манипуляторов крипторынка 🇸🇻#BTC Правительство Сальвадора продолжает накопление#BTC 🇯🇵 Gate Group приобрели Coin Master и официально вышли на японский рынок 🔥 MicroStrategy приобрели ещё 5,262 #BTC 🥳#BNB Binance Alpha выпустили новую партию проектов 🥳#TONПавел Дуров: Общая выручка Telegram в 2024 году превысила 1 млрд $, и мы завершаем год с более чем 500 млн $ денежных резервов, не считая криптоактивов 🙋‍♂ Nokia подали патент на «устройство, метод и компьютерную программу», которые могут шифровать цифровые активы 🥳#CRO Crypto .com запускает регулируемую службу хранения цифровых активов для клиентов из США и Канады 🙋‍♂ Moonpay ведет переговоры о приобретении Helio за ~150 млн $ 🚫 Регулятор Малайзии запретили Atomic Wallet работать в стране 🔮#CGX#RON Community Gaming запустит свой рынок прогнозов Forkast, ориентированный на игры, в сети #RONIN ✅ Paraswap DAO одобрила внедрение нового токена для замены #PSP 🙋‍♂#LDO#ETH Lido запустили Ethereum SDK 🆕Листинги: - Binance добавляет фьючерсы на #HIVE - Binance Launchpool добавляет#BIO 🕵️‍♂️Активность китов и SmartMoney: - С адреса команды Pendle перевели 625 000 #PENDLE на Binance - транзакции китов 📊Графики и отчёты: - #FUD Новые трейдеры, которые присоединились к рынку за последние 2-3 месяца, активно распродают#BTC и #ETH - WhaleMap: Уровень 98 133$ остаётся важным, учитывая китовые накопления #BTC - за последние 2 года наблюдался значительный рост числа держателей криптовалют 📈 - #UNI Общий объем #USDC на Uniswap превысил 1 трлн $ 📈 - DropsTab: новые токены в стадии накопления, поддерживаемые топовыми венчурными инвесторами - ТОП#AI-агентов по росту цен за последние 7 дней - отчёт CoinShares по фин потокам - отчет BNB Chain за 2024 год #BNB 💰Сборы средств: - Avalon Labs - 10 млн $ - #USUALUsual - 10 млн $ от Binance и Kraken ✏️События на завтра: 🔓 Разлоки: Ribbon Finance (#RBN) - 1,06% ($4,18m) 🎁#AGI Delysium запустят программу вознаграждений 🇺🇸 Durable Goods Orders (MoM) (Nov) - 16:30 мск - Redbook (YoY) - 16:55 мск - New Home Sales (Nov) - 18:00 мск

Резултати

Пронајдени 8 слични објави

Пребарај: #mavzu

当前筛选 #mavzu清除筛选
Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #535 · 07.04.2025 г., 16:22

Bottom sheet (pastdan chiqadigan oynacha) nima? Bottom sheet — bu ekranning pastidan chiqib, sahifani almashtirmasdan qo‘shimcha ma’lumot yoki harakatlarni ko‘rsatadigan mobil UI elementidir. Ular asosiy kontentni yopmasdan, kerakli paytda qo‘shimcha ma’lumot yoki funksiyani ko‘rsatishga yordam beradi. Bu degani har doim ham bottom sheetni hamma yerga ishlatish kerak degani emas, dizaynerlar. Noqulay dizayndagi bottom sheetlar foydalanuvchini chalg‘itadi: agar yopish oson bo‘lmasa, bir nechta sheet ustma-ust chiqsa yoki kerakli kontentni to‘sib qo‘yilgan bo'lsa... (↗️ Yo'riqnomani PDF faylini yuklab olish) @suxrobblog | #mavzu#bottom_sheet

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #513 · 02.04.2025 г., 12:04

UX dizayn ortidagi haqiqat... UX dizayn – bu faqat chiroyli ko‘rinish emas, balki foydalanuvchi ehtiyojlariga moslab ishlab chiqilgan tizimli yondashuv. Har bir tugma, sahifa oqimi, joylashuv — bular ortida logika, tahlil va tajriba yotadi. Yaxshi UX dizayn bo‘lsa: 1. Platformaning struktura va navigatsiyasi aniq bo‘ladi, 2. Foydalanuvchi chalkashmaydi, 3. Dasturchi aniq yo‘l-yo‘riq bilan ishlaydi, 4. Ishlab chiqish jarayoni tezlashadi, xatolar kamayadi, 5. Va nihoyat, mahsulot muvaffaqiyatli chiqadi. Shuning uchun UX dizayn — sarmoya hisoblanadi. Va bu xizmat arzon bo‘lishi kutilmasligi lozim. Chunki u platformaning asosiy poydevorini tashkil qiladi. UX bo‘lmasa nima boʻlardi: — Foydalanuvchi chalkashadi: sayt tushunarsiz bo‘ladi; — Dasturchi yo‘nalishsiz ishlaydi: strukturani tuzishga qiynaladi va yana ham koʻproq toʻlov soʻraydi. — Koʻproq vaqt sarflanadi: Kutilgan natijaga erishish uzoq vaqt talab qilishni boshlaydi. Qisqasi: UX yo‘q joyda, muammo tug‘iladi. Startup va bizneslar UXʼsiz zararga tushishganliklari haqida kelgusi postlarda yozaman. @suxrobblog #ux#mavzu#muammo

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #457 · 12.03.2025 г., 06:11

Mijozdan to'lovni oldindan olish kerakmi? Ha, ayniqsa frilansda ishlayotgan bo‘lsangiz, to‘lovni oldindan olganingiz ma’qul. Har bir mijoz har xil bo‘ladi: kimdir vijdonan haqini to‘laydi, kimdir esa kechiktiradi yoki umuman to‘lamasligi ham mumkin. Shuning uchun quyidagi yondashuvlarni tavsiya qilaman: Frilans buyurtmalari uchun: 1️⃣Oldindan to‘lov olish – ishga kirishishdan oldin kamida 30-50% oldindan to‘lov olishingiz tavsiya etiladi. 2️⃣Bo‘lib-bo‘lib to‘lash – loyiha bosqichlarga bo‘linib, har bir bosqich tugagandan keyin to‘lov olinishi mumkin. 3️⃣Kelishuv (shartnoma) – agar mijoz bilan uzoq muddatli ishlashni rejalashtirsangiz, hujjatlashtirilgan kelishuv yoki shartnoma asosida ishlash yaxshi variant. Oylikka ishlash bo‘yicha: 1️⃣ Agar oylik ishga kelishilgan bo‘lsa, 15-sanasigacha avans (oldindan to‘lov) talab qilish mumkin. Bu sizga ishingizni ishonch bilan bajarishda yordam beradi. 2️⃣ Shuningdek, muntazam to‘lov tizimi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak – masalan, har oyning 15-30 sanalari oralig‘ida hisob-kitob qilinishi. To‘lov borasida aniq kelishib olmaslik sizni xavf ostida qoldirishi mumkin. Shuning uchun har doim mijoz bilan oldindan kelishuv qilib, eng kamida 50% oldindan to‘lov olishni odat qiling. Doimiy mijoz bo‘lgan taqdirda ham, to‘lov tartibini aniq belgilagan ma'qul. @suxrobblog #mavzu#mijoz#savol_rublikasi

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #456 · 11.03.2025 г., 03:51

Dizaynda “yo‘q” deyish tamoyili Mijoz bilan ishlaganda har bir talabini bajarish – sizni yaxshi dizayner qilmaydi. Ba’zan “yo‘q” deyish ham professionallikning bir qismidir. Dizayner sifatida har bir mijoz yoki jamoa talabiga rozi bo‘lish natijani yaxshilamaydi, aksincha, sifatsiz dizaynga, ortiqcha stress va keraksiz vaqt sarflashga olib kelishi mumkin. Dizaynda “yo‘q” deyish tamoyili nima oʻzi? Bu dizayn jarayonida asosli va professional cheklovlar qo‘yish qobiliyatidir. Agar shu asosli cheklovlardan oʻtilganda "yoʻq" deyish nazarda tutilyapti. Mijoz bilan endi ishlashga kirishganda narx aytdingiz, "###$ boʻladi", desangiz. Mijoz, "Mayli, faqat mana bu ishlarni ham qoʻshib qilib bering", desa, yaʼniki ishingizni ustiga 50% ish qoʻshib beryapti. Bu vaziyatda yoʻq deb aytgangiz maʼqul. Kechasi bilan ishlab, koʻzlaringiz qizarib chiqqaniga, mijozdan olgan pullaringiz koʻzingizga koʻrinmaydi ham. "Mijoz ketib qoladi", deb narxni past aytgan taqdiringizda ham, qadarga yozilmagan boʻlsa, arzon aytsangiz ham ketib qoladi. "Yoʻq" deyish bilan rizq kamayib qolmaydi deb hisoblayman. Va oʻzim ham, oʻzimga yoqmagan ishlar chiqqanda buyurtma sifatida qabul qilmayman yoki boshqa sabablar. Shuningdek, soha boʻyicha prinsiplarimga doim qatʼiy amal qilishga harakat qilganman va boshqalarga ham shuni tavsiya qilaman... P.S. Blogdagi postlar shaxsiy fikrlarim orqali yozib boraman. SI yozib bermaydi) @suxrobblog #mavzu#mijoz#prinsiplar

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #459 · 16.03.2025 г., 18:54

Oʻzbekiston bozorida UX/UI dizayn boʻyicha mutaxassislar yetarli emas. Grafik dizaynerlar esa bu yoʻnalishni ham oʻrganib borishlari lozim Nega va sabab? — Nega deganda, avvalo grafik dizaynga qaraganda UX/UI dizaynda koʻproq daromad topish mumkin, bu sir emas. Bir ikki kunda 300-500$ gacha daromad topishingiz ham mumkin, masalan. Men nega buni aytyapman?! — Avvalo sohada koʻproq mutaxassislar paydo boʻlishini istayman. Oʻzaro rivojlanishga turtki boʻladigan kadrlar yetishib chiqishi boshqa dizaynerlar rivojiga ham hissa qoʻshishi mumkin. Grafik dizaynerlar bu sohaga tezroq moslasha oladimi? — Albatta. Hozirda oʻzimizni bozorda UX/UI dizayn boʻyicha yaxshi keyslarni koʻrmaganimga ham ancha boʻldi, aksar hollarda shablonlar ishlatilyapti. Deadlineʼlar qisqa, tayyor resurslardan foydalanish holatlari koʻp uchrab turadi, bu esa sohaga yangi kirib kelganlar uchun ham tezroq moslashishga imkon beradi. Grafik dizayndan soʻng UX/UI dizayn bu menimcha keyingi bosqich deb oʻylayman. Koʻproq minimalizm bilan ishlash ortiqcha bosh ogʻrishini keltirib chiqarmaydi. Shuningdek, grafik dasturda murakkab funksiyalar bilan ishlash kabi bir qancha bosh ogʻriq ishlaridan qutulasiz. Bu jarayonda dizayner ancha yengillab qoladi. Va sohadan yana ham zavq olib boradi... Xoʻsh grafik dizaynerlar UX/UI dizayn yoʻnalishini ham oʻrganishga kirishamizmi? Men grafik dizaynerlarga bepul tarzda UX/UI dizaynga qadam qoʻyishlari boʻyicha bosqichma-bosqich kontent tayyorlab borishni rejalashtiryapman. Izohdagi fikrlar boʻyicha postlar yozib bormoqchiman hozircha. @suxrobblog #mavzu#grafik_dizayn#uxui_dizayn

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #479 · 26.03.2025 г., 05:02

Dizayn bo'yicha buyurtma olish uchun o'zimizda frilans guruhlari bormi? — Aynan, UX/UI dizayn bo'yicha buyurtma olish bo'yicha o'zimizda guruhlar mavjud emas. Lekin... ✅Mijozlar topish bo'yicha tavsiyalar berib ketishim mumkin, lekin: 1. O'z ustingizda ishlang, portfolio'da ishlar soni va sifatini oshiring; 2. AyTi'ga aloqador tanish bilishni ko'paytiring, turli xil dasturchilar meetup'lariga ham borib turishingiz mumkin, shunda ular bilan tanishib kontaktlashib turishingiz mumkin. Bizni sohada netvorking juda muhim, tanish bilish orqali asosiy mijozlar kelishi mumkin; 3. Instagramda video ko'rish o'rniga, siz ham ular kabi video kontent tayyorlashga kirishing. Soha bo'yicha O'zingizni yaxshi ko'rsata olsangiz, Instagram va Facebookdan ham oyiga kamida 1-2ta mijoz kelib turishi mumkin; 4. Mijozlar oqimiga erishmaguncha, bepul xizmatlar ko'rsatishni yo'lga qo'yishingiz mumkin. P.S. Divanda yotishni bas qiling)) @suxrobblog #mavzu#buyurtma#mijoz#savol_rublikasi