@ITmastersuz · Post #12456 · 03.10.2025 г., 12:10
🤖 Aqlni shubha ostiga qo‘yadigan kapcha! Bir dasturchi “I’m Not a Robot” nomli sayt ishga tushirdi. Bu yerda odatdagi kapcha emas, balki inson ekanligingizni isbotlash uchun 48 ta sinovdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi. 🔹 Boshlanishida oddiy — yo‘l belgilarini topish kabi topshiriqlar. 🔹 Keyin esa mantiqiy boshqotirmalar, hatto “X va O” o‘yinigacha boradi. 🔹 Har bir keyingi kapcha avvalgisidan qiyinroq. Jarayon ancha vaqt oladi, diqqat va topqirlikni talab qiladi. Oddiy botlar bunga dosh berolmaydi. Lekin odam ham oxiriga yetgach, o‘zidan so‘raydi: “Buni men qildimmi?” 😄 👉Bizning barcha loyihalar | #captcha
Hashtags