@suxrobblog · Post #1168 · 10.10.2025 г., 05:03
Dizayn tizimingdagi tokenlar ish jarayonini qanday o‘zgartirib yuborishini bilasanmi? Komponentlar va auto layoutlar bu «zo‘r narsa», lekin tokenlarsiz sen vaqtni tejash va dizayndagi bir xillik (consistency)ning eng muhim qismini boy berasan. Tokenlar — bu ranglar (colors), shriftlar (typography), bo‘shliqlar (spacing) va boshqa uslubiy (style) parametrlar uchun o‘zgaruvchilar (variables) hisoblanadi. Tasavvur qil, bitta token qiymatini o‘zgartirasan va butun mahsulot avtomatik yangilanadi. 💎 50 ta ekran dizaynini qo‘lda tahrirlashni xohlaysanmi? 🤯 — Albatta yo‘q. Tokenlar bu ishni atigi ikki bosishda hal qiladi, xatolar sonini kamaytiradi va relizlarni (releases) tezlashtiradi. P.S. Tokenlar bilan ishlashdagi samarali tajribalarni izohda yozib qoldiramiz) @suxrobblog » #designsystem#token#variables
Hashtags