@qashqadaryoviloyatadliya · Post #36526 · 03.04.2026 г., 12:19
#Ehtirom Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilib, sharaf bilan nafaqaga chiqqan xodimlarimiz doimo e’tiborda. Ana shunday fidoyi insonlardan biri — Qamashi tuman Davlat xizmatlari markazida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan, markaz direktori sifatida el-yurtga sidqidildan xizmat qilgan Ibodov Absalom Mahmudovichdir. U kishining mas’uliyatli mehnati, halolligi va adolat yo‘lida olib borgan faoliyati bugungi kunda ham yuksak e’tirof etiladi. Boy hayotiy va kasbiy tajribasi esa yosh avlod uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugun ham ular e’zozda, hurmatda va e’tiborda. Zero, inson qadri — uning fidoyi mehnati bilan ulug‘lanadi. https://t.me/qamashiadliya
Hashtags