@astrobois_zone · Post #483 · 07.08.2023 г., 14:52
#identity Bir necha oy avval Najot Ta'limdagi grafik dizayner ustozlar bilan birgalikda turli mavzularda master class tashkil qilgandik. Men aydentika bo'yicha o'z bilimlarimni ulashgandim. O'sha payt prezintatsiya uchun tayyorgarlik ancha qiyin bo'lgandi. Sabab man tanlagan mavzu bo'yicha aniq tiniq xulosa va fikrlar topolmagandim. Fazliddin "identity" bo'yicha juda zo'r maqola yozibdilar o'qib chiqishinglarni tavsiya qilaman. Man ham izlanganimda visual, verbal, kinestetic turlari haqida ma'lumotlar to'plab ular haqida ma'ruza qilgandim. Izlanish paytida "static vs dynamic identity" tushunchalariga ham duch kelgandim keyin oxiriga yetolmagandim. Buni bir nechta sabablari bo'lgandi: 1. Odatda dizaynerlar doim oxirgi daqiqalarda harakatga tushib qolishadi (vaqt kam edi) 2. Ishonchli ma'lumot yoki manba topish (aslida bu ham bahona yoki sabab bo'lolmaydi) 3. O'sha topgan ma'lumotlarni filtrlash qiyinligi (buni muammo desa bo'ladi🥲) Borgan sari bir iboraga yanada tushunib va iqror bo'lib boryamman: дизайн не точная наука Kimdadur "Static" va "Dynamic" aydentikalar bo'yicha ma'lumotlar bo'lsa ulashsangiz juda xursand bo'lardim. Aytishadiku bitta kalla - kalla, ikkitasi mahalla deb😅 Men ham aydentika bo'yicha o'zim qilgan prezintatsiyani sizlarga ulashib qo'yaman, foydasi tegib qolar degan umiddaman. @blogolimjanov
Hashtags