@Fanlar_akademiyasi · Post #27036 · 28.02.2026 г., 04:24
#KUN OLIMASI O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akad. S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimi, biologiya fanlari falsafa doktori TO‘RAYEVA SAIDA MURATOVNA Hozirda Saida To‘rayeva O‘simlik moddalari kimyosi instituti Dorivor va texnik o‘simliklar biologiyasi laboratoriyasida biologik faol tabiiy va sintetik kimyoviy birikmalarning bioratsional pestitsid xususiyatlarini, jumladan, insektitsidlik, repellentlik, fungitsidlik faolliklarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Olimaning tadqiqot ishi respublikamiz florasida tarqalgan o‘simliklarning ikkilamchi metabolitlarini hamda kam zaharli bo‘lgan sintetik moddalarning qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararkunanda-hasharotlariga qarshi kurashda foydalanishning ilmiy asoslarini o‘rganish, ularning biologik, xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligini baholashga bag‘ishlangan. S.To‘rayeva 2019-yilda “El yurt umidi” stipendiyasi asosida Butun Rossiya o‘simliklarni himoya qilish institutida malaka oshirgan va 2022-yil PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Olima hozirgi kunda “Eurygaster integriceps va Schizaphis graminum zararkunandalarining kuzgi bug‘doyning sifat ko‘rsatgichlariga ta’siri va ularga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihaga rahbarlik qilib kelmoqda. S.M. To‘rayeva 70 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo‘lib, shundan 5 ta patent (ulardan 1 ta xorijiy), 14 dan ortiq maqolalari Scopus va Web of Science (SCI) xalqaro ilmiy bazalarda indeksatsiya qilingan yuqori impakt faktorli xorijiy jurnallarda chop etilgan. Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube|😎Instagram
Hashtags