@ulugbekijodnamunalari · Post #34921 · 22.04.2026 г., 05:00
#murojaatlar Aholi murojaatlari asosidagi masalalar ijobiy hal etilmoqda Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aholi murojaatlariga tezkor va samarali javob berish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi ta’minlanmoqda Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tizimli ishlar tashkil etilib, joylardagi muammolar bevosita o‘rganilmoqda. Iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilib, kamchiliklar qisqa muddatda bartaraf etilyapti. Aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va har bir murojaatning ijobiy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Hashtags