@navoiyekopartiya · Post #21002 · 30.03.2026 г., 15:52
#Ekoreyd #Nurota ♻️ Mahallalarda ekologik reyd tadbiri o’tkazildi Bugun O’zbekiston Ekologik partiyasi Nurota tuman Kengashi raisi tomonidan tumandagi Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida ekologik reyd tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir mahallada atrof-muhit tozaligini ta’minlash, noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini olish hamda aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratildi. Reyd davomida "Mironshox Komfort Servis" MCHJ tomonidan chiqindilar aholining xonadonlaridan belgilangan tartibda olib ketilayotgani aniqlandi. Bu esa hududda sanitariya holatini yaxshilash va chiqindilarni tartibli ravishda olib chiqib ketish bo‘yicha ijobiy amaliyot yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi. ♻️ Tabiatni asraylik – kelajagimizni himoya qilaylik! ♻️ Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling https://t.me/navoiyekopartiya