@HashtagUz · Post #14465 · 28.10.2025 г., 05:43
📱 OnePlus o‘zining flagman modeli OnePlus 15ni taqdim etdi ℹ️ Yangi model dizayni jihatidan kompakt OnePlus 13Tga yaqinlashgan: to‘g‘ri, mat pardali ramkalar, tekis displey va dumaloq burchakli kvadrat kamera bloki. ⚙️ Ichida esa kutganimizdek Snapdragon 8 Elite Gen 5 chip o‘rnatilgan bo‘lib, u “kosmik sinf” aerogel bilan jihozlangan yangi sovutish tizimi bilan sovutiladi. 🔋 Batareya esa butunlay o‘sdi — 6000 mAh dan 7300 mAh gacha. ✅ Asosiy texnik xususiyatlari: - Displey: 6,78″ 1,5K LTPO OLED, 1-165 Hz - Chipset: Snapdragon 8 Elite Gen 5 - Kameralar: 50 Mp (IMX906, 1/1,56″) + 50 Mpx keng burchak (116°) + 50 Mp telefoto (3,5×) + 32 Mp selfie - Xotira varianti: 12+256 GB, 16+256 GB, 12+512 GB, 16+512 GB, 16+1024 GB - Aloqa: 5G, NFC, Wi-Fi 7, Bluetooth 6.0 - Biometriya: displey ostida ultratovushli barmoq izi skaneri, yuzni aniqlash - Suvga chidamlilik: IP66/68/69/69K - Akkumulyator & zaryadlash: 7300 mAh, 120 W simli zaryad, 50 W simsiz zaryad 💵 Narxi: $562 ➡️#oneplus | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags