@economist_martin · Post #1003 · 18.12.2023 г., 18:50
#parcha Tanaga zarur boʻlgan kaloriya tanqisligi qashshoqlik tuzogʻining asl sabablaridandir. Misol uchun, toʻyib ovqatlanadigan kishilargina jismoniy mehnat talab qiladigan ishlarni yaxshi bajara oladi va shunga yarasha xaq oladi. Tana tirik qolishi uchun zarur boʻlgan ovqatdan ham koʻprogini qabul qilsa, hosil boʻlgan ortiqcha energiyani kuchli boʻlishga, yumush bajarishga sarflaydi. Och odam, tabiiyki, qishloq xoʻjaligida samarali ishlolmaydi. Shu sababli, kambagʻal odam yanada kambagʻallashadi. A.Benerji va E.Dyuflo Poor Economics (Kambagʻallik iqtisodiyoti) kitobidan
Hashtags