@knaufuzbekistan · Post #601 · 14.09.2023 г., 05:00
👷♂️Devorlarda andava izlarini ko'rib qoldingizmi? Yoki usta mayda kesiklar va bugriliklar qoldiribdimi? Ehtimol, siz, endi hammasi tamom bo’ldi, deb daxshatga tushib, yangi mutaxassis izlayotgandirsiz. ☝️Sizga qulaylik yaratish uchun KNAUF Q1-Q4 tizimini ishlab chiqdi ("Q" - nemischa “Qualität”, sifat degani), unda sirtga ishlov berish sifatining darajasi eng past Q1 dan eng yuqori daraja - premium sinf Q4 gacha bo'linadi. Ham quruq qurilish, ham suvoq asosidagi tizimlar uchun mos keladi. 🧐Agar suvoq yoki shpaklovka qilinganidan keyin sirt 3 mm gacha bo'lgan notekisliklarga ega bo'lsa, u o'zining maxsus tasnifiga - Q1 ga ega. U mukammal silliq bo'lishi shart emas. Barcha kamchiliklar so'nggi pardoz ostida qolib ketadi. 👉Eng boshidanoq, sirtni tayyorlashning keyingi ishlov berish uchun zarur bo'lgan darajasini to'g'ri belgilasangiz, siz ham qo'shimcha xarajatlarni, ham qimmatbaho vaqtingizni tejashingiz mumkin. Q1 quyidagi sirt talablariga ega: Asboblardan qoldirilgan ko’zga ko'rinadigan o’yiqlar, qirilishlar, botiqlar va botirma izlar (chuqurligi 3 mm gacha), suvoqlarning ulanish joylaridagi shpaklovkaning ustma-ust tushib qolishi (balandligi 2 mm dan ko'p bo'lmagan), asosning ulanish joylarini shpaklovka bilan yopishda qolib ketgan 2 mm gacha bo’lgan oraliqlar hamda yon tomondan yoritganda soyalar bo’lishiga ruxsat beriladi. ❗️Eslab qolamiz! Suvalgandan yoki shpaklovka qilingandan so’ng kafel terish yoki dekorativ suvoq uchun yaroqli bo’lgan yuza Q1 dir. - - - - - 👷♂️Вы заметили следы от инструмента на стенах? Или мастер оставил незначительные выемки и наплывы? Возможно вы подумали, что все пропало и в ужасе ищете нового специалиста. ☝️Для Вашего удобства КНАУФ была разработана система Q1-Q4(«Q» — от немецкого Qualität, качество) которая делит качество отделки поверхности от низшего Q1 до высшего, премиум, класса Q4. Она подходит как для сухого строительства, так и для систем на базе штукатурок. 🧐Если после оштукатуривания или шпаклевания поверхность имеет неровности до 3 мм, у нее есть своя, специальная, классификация – Q1. Она не должна быть идеально гладкой. Ведь все недостатки будут скрыты под финишной отделкой. 👉С самого начала правильно определив необходимый для последующей отделки уровень подготовки поверхности, вы сможете как избежать дополнительных затрат, так и сохранить свое драгоценное время. Q 1 имеет следующие требования к поверхности: Допускаются видимые выемки, царапины, задиры и отпечатки от инструментов (глубиной до 3 мм), наплывы шпаклевочного раствора в стыке (высотой не более 2 мм), зазоры в области зашпаклеванных стыков до 2 мм и тени от бокового света. ❗️Запоминаем! Поверхность пригодная после оштукатуривания или шпаклевания для кладки кафеля или декоративного оштукатуривания это Q1 . Сайт|Facebook|Instagram #knaufuzbekistan#q1#rotband