@ao_uzbekneftegaz · Post #9894 · 07.10.2025 г., 09:01
#Sammit O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev Gabalada (Ozarbayjon) Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etmoqda. Ta’kidlash lozimki, ushbu Sammit Samarqanddagi tarixiy tadbirning mantiqiy davomi hisoblanadi. ➡️2022 yilgi Samarqand sammiti tashkilotning yangi arxitekturasini belgilab berdi: "Turkiy istiqbol – 2040", 2026 yilgacha mo‘ljallangan strategiya, iqtisodiy va transport bog‘liqligini kuchaytirish borasida maqsadli sa’y-harakatlardir. ⚡️Aslida, aynan O‘zbekiston "turkiy birdamlik" haqidagi mulohazalarni madaniy doiradan amaliy yo‘nalishga — loyihalarga, koridorlarga, investitsiyalarga olib chiqdi. Shu boisdan, tabiiyki, bu gal ham Prezident butun turkiy makon kun tartibini belgilaydigan yangi tashabbuslarni ilgari surishi kutiladi. 👇Bizni kuzating: 🌐web-sayt | 📷instagram | 👉telegram | ▶️youtube | 💬facebook
Hashtags