@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80596 · 20.02.2026 г., 13:26
#Sessiya Uchinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi Sessiya kun tartibida: ⬅️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2025-yil 3-yanvardagi 1-sonli qarorining ijrosi to‘g‘risida; ⬅️ Chilonzor tumanida fuqarolar muammolarini mahallaning o‘zida hal qilish bo‘yicha yaratilgan tizim asosida “mahalla yettiligi” tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida; ⬅️ Chilonzor tumani mahalliy budjetining 2026-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida; ⬅️ Chilonzor tumani mahalliy budjetining 2025-yil to‘rtinchi chorak yakunlari ijrosi to‘g‘risida; ⬅️ “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida; ⬅️ Chilonzor tumanida 2026-yilda alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalariga oshiruvchi koeffitsiyentlar to‘g‘risida; ⬅️ Xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashi, kengashning doimiy komissiyalari hamda kengash kotibiyatining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi va boshqa masalalar muhokama etildi. ⬅️⬅️⬅️ Sessiyada muhokama qilingan masalalar yuzasidan kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi. 👉👉👉 Sessiya jarayonlari https://www.facebook.com/xalqdeputatlarichilonzortumankengashimanzili orqali ijtimoiy tarmoqlarda to'g'ridan-to'g'ri havola etildi. 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi
Hashtags