@HashtagUz · Post #14348 · 12.09.2025 г., 10:32
📱📱 tirik! U oʻrta byudjetli Xperia 10 VII smartfonini taqdim etdi ℹ️ Yangi model Google Pixel yoki iPhone Air’ni eslatuvchi zamonaviy dizaynga ega. 📸 Korpusida alohida kamera tugmasi mavjud, old tomonida esa stereo dinamiklar joylashgan. 🔋 Ishlab chiqaruvchining aytishicha, smartfon bir marta zaryad bilan ikki kungacha ishlashi mumkin. 💾 Shuningdek, 3,5 mm quloqchin ulagichi va 2 TB gacha boʻlgan microSD-kartalarni qoʻllab-quvvatlaydi. ⚙️ Asosiy xususiyatlari: • Displey: 6,1" 2340×1080 OLED, 120 Hz • Chipset: Snapdragon 6 Gen 3 • Kameralar: 50 MP + 13 MP keng burchak + 8 MP selfi • Xotira: 8+128 GB • Aloqa: 5G, NFC, Wi-Fi 6e, Bluetooth 5.4 • Namlikdan himoya: IP68 • Batareya va zaryadlash: 5000 mA·soat 💵 Narxi: 450 yevrodan boshlab. ➡️#sony | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags