@tahrirchi_uz · Post #171 · 30.04.2024 г., 15:06
Baloga qolgan tutuq belgisi Oʻ, gʻ harflarini yozish uchun tutuq belgisini ishlatish avj olgan, bu xatoga koʻzimiz ham oʻrgangan. Lekin internet tilida ajratish belgisi sifatida tutuq belgisini qoʻllash holatlari ham koʻp uchrayapti (Tahrirchi.uz’da, #tahrirchi’ning kabi). Lekin bu — xato. Buning uchun alohida [ ' ] belgisi bor. Lekin biz uni oʻ, gʻ harflari, tutuq belgisi uchun ishlatamiz, bechora belgilar sarson. Aytgancha, bizning xizmatlarda apostrof xatoliklar bevosita toʻgʻrilanadi. Endi esa doʻstlaringizga “Tahrirchi.uz'dan foydalan, @tahrirchi_uz'ga obuna boʻl”, — deb xabar yozishingiz mumkin 😁 Telegram | Instagram | Facebook
Hashtags