@navoiyekopartiya · Post #20181 · 12.02.2026 г., 04:58
#Zarafshon #Targibot Zarafshon shahrida yoshlar o‘rtasida ekologik huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan muhim ma’rifiy tadbir – “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” nomli respublika ko‘rik-tanlovining maktablararo final bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Final bosqichida shahar hududidagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 13 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa ekologiyaga oid huquqiy bilimlari, sahnaviy chiqishlari, savol-javoblardagi faolligi hamda jamoaviy hamkorlikdagi mahorati orqali o‘zaro kuch sinashdi. Hakamlar hay’ati tomonidan jamoalarning chiqishlari nizom talablari asosida baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, bilim, sahnaviy mahorat va jamoaviy uyg‘unlik borasida eng yuqori natijani qayd etgan 2-umumta’lim maktabi jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini ham qo‘lga kiritdi. Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇Kanalimizga obuna bo‘ling! https://t.me/navoiyekopartiya
Hashtags