@handicraftman · Post #55672 · 30.03.2026 г., 07:08
#Toshkent viloyati 📍 Abu Rayhon Beruniy nomidagi universitetda Navro‘z bayrami nishonlandi 🇺🇿 Universitetda o‘tkazilgan bayram tadbiri doirasida Toshkent tumani hunarmandlari ishtirokida milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada qadimiy an’analarimiz va milliy qadriyatlarimizni aks ettirgan turli xil qo‘l mehnati namunalar namoyish etildi. 📊Tadbir ishtirokchilari hunarmandlar tomonidan yaratilgan buyumlar bilan yaqin tanishish va ularning yaratilish jarayoni haqida ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar. 📊Navro‘z — yangilanish, mehr-oqibat va birdamlik bayrami sifatida barchani birlashtirdi hamda milliy merosimizni asrab-avaylashning ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi. ✅Faсebook|✅Instagram ✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash
Hashtags