@HashtagUz · Post #14906 · 31.03.2026 г., 11:17
📱📱 Ultimate foto flagman: Vivo X300 Ultra taqdim etildi 📷 Asosiy kamera sensori yanada kattalashtirildi. Periskop kamera ham yangi sensor oldi, ammo uning xususiyatlari deyarli avvalgisiga o‘xshash. Keng burchakli kamera esa o‘zgarishsiz qolgan. ⚙️ Lekin gap faqat kamerada emas — boshqa texnik jihatlari ham yuqori darajada: Snapdragon 8 Elite Gen 5, 144 Hz displey va 12 dan 16 GB gacha operativ xotira. Akkumulyator sig‘imi oshirilgan bo‘lsa-da, hozirgi standartlar bo‘yicha rekord darajada emas — 6600 mAh. ℹ️ Smartfonning asosiy “fishi” — boy foto to‘plam: 200 va 400 mm fokus masofali olinadigan obyektivlar (alohida ham sotib olish mumkin), ergonomik tutqichli g‘ilof, foto filtrlari uchun mahkamlagichlar, tashish uchun sumka va yelka kamar. ✔️ Shuningdek, bu Vivo kompaniyasining global bozorga chiqadigan birinchi Ultra flagmani hisoblanadi. Global versiya premyerasi yil oxiriga rejalashtirilgan. Texnik xususiyatlari: * Displey: 6.82" 3168×1440 LTPO AMOLED, 1–144 Hz * Chipset: Snapdragon 8 Elite Gen 5 * Kameralar: • 200 MP (Sony LYTIA-901, f/1.85, 35 mm) • 50 MP keng burchak (116°, Sony LYT-818, f/2.0, 14 mm) • 200 MP periskop (3.7x, Samsung HP0, f/2.67, 85 mm) * Xotira: 12+256, 16+512, 16+1024 GB * Aloqa: 5G, NFC, Wi-Fi 7, Bluetooth 5.4 * Biometriya: ekranda ultratovushli barmoq izi skaneri, yuzni aniqlash * Himoya: IP68/69 * Batareya va zaryad: 6600 mAh, 100 W, 40 W simsiz * Narxi: 6999 yuandan (taxminan ~$950). ➡️#vivo | Birinchi IT-Blog
Hashtags